Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish

Banklar  moliyaviy  hisobotlarni,  banklar  guruhining  asosiy  banki  konsolidatsiyalashgan

moliyaviy  hisobotlarni  ularda  ko‘rsatilgan  ma’lumotlarning  to‘g‘riligini  auditorlik  tashkiloti

tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda e’lon qiladi.

Banklar 

o‘z 


mablag‘lariga, 

kapitalga 

doir 

talablarning 



bajarilishiga, 

likvidlikka,

tavakkalchiliklarning  qiymatiga  va  boshqa  muhim  ko‘rsatkichlarga  (normativlarga)  doir  axborotni

oshkor etishi kerak.



73-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlash

Banklar  hujjatlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilagan  tartibda  va

muddatlarda o‘z idoraviy arxivida saqlashi shart.

74-modda. Banklarning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank  va  banklar  guruhi  auditorlik  tekshiruvining  maqsadi  bankning  va  banklar  guruhining

moliyaviy  axboroti  hamda  boshqa  moliyaviy  ma’lumotlari  to‘g‘riligini  va  buxgalteriya  hisobi

to‘g‘risidagi  qonunchilikka  hamda  moliyaviy  hisobotlarga  oid  xalqaro  standartlarga  muvofiqligini

auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlashdan iborat.

(74-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Banklarning  yillik  moliyaviy  hisobotlari  va  banklar  guruhining  yillik  konsolidatsiyalashgan

moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining

auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga ko‘ra umuman bankning yoki banklar guruhining

faoliyati bo‘yicha ham, ular faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin.

Bankning  yillik  moliyaviy  hisoboti,  banklar  guruhining  yillik  konsolidatsiyalashgan  moliyaviy

hisoboti to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi qonunda nazarda tutilganidan tashqari, auditorlik tashkiloti

tomonidan:

bank, banklar guruhi tomonidan hisobot sanasidagi holatga ko‘ra prudensial normativlarning

bajarilishini;

bankning,  banklar  guruhining  ichki  nazorati  va  tavakkalchiliklarini  boshqarish  tizimlarining

tashkil etilishi Markaziy bank tomonidan qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalarini o‘z

ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Auditorlik tashkilotlari bankning va banklar guruhining faoliyatini tekshirish natijalariga ko‘ra

moliyaviy  hisobotlarning  ishonchliligini  va  buxgalteriya  hisobini  yuritish  tartibi  qonunchilikda

belgilangan  talablarga  muvofiqligini  tasdiqlaydi  (yoki  tasdiqlamaydi),  shuningdek  bankning  yillik

moliyaviy  hisobotiga,  banklar  guruhining  konsolidatsiyalashgan  yillik  moliyaviy  hisobotiga  ilova

qilinadigan auditorlik xulosasini beradi.



(74-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Auditorlik  xulosasisiz  bankning  yillik  moliyaviy  hisoboti,  shuningdek  banklar  guruhining

konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va e’lon

qilinmaydi.



75-modda.  Bankning  va  banklar  guruhining  auditorlik  tekshiruvini  amalga  oshiruvchi


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə