Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Litsenziyani chaqirib olish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

77-modda. Litsenziyani chaqirib olish

Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziyani chaqirib olishga haqli:

agar  bank  litsenziyani  olganidan  keyin  o‘n  ikki  oy  ichida  bank  faoliyatini  amalga  oshirishni

boshlamagan, bu faoliyatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni uch oydan

ortiqroq muddat davomida amalga oshirmagan bo‘lsa;

litsenziya berish shartlari bank tomonidan bajarilmaganda;

ushbu  Qonunning 

54-moddasida 

ko‘rsatilgan  qo‘pol  qoidabuzarliklardan  biri  bank

tomonidan sodir etilganda;

agar  bank  ketma-ket  keluvchi  uch  chorakning  har  birida  bank  regulyativ  kapitalining  o‘n

foizidan ortiq yoki muddatidan qat’i nazar, regulyativ kapitalning ellik foizidan ortiq miqdorda zarar

ko‘rgan bo‘lsa yoki zarar ko‘rish ehtimoli mavjud bo‘lsa;

qayta tashkil etish natijasida bankning faoliyati tugatilganda;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul

qilinganda;

O‘zbekiston  Respublikasida  bank  tashkil  etgan  chet  davlat  bankidan  litsenziya  chaqirib

olinganda;

bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda.

Bankning to‘lovga qobiliyatsizligi deganda quyidagi hollar tushuniladi:

bank  mijozlarning  o‘ziga  nisbatan  qo‘ygan  talablarini  o‘n  besh  kun  ichida  to‘lashga  qodir

bo‘lmasa;

bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketsa;

omonatchilar va kreditorlar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablag‘larning butligiga

xavf soluvchi har qanday boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.

Bank  boshqaruvi  bankning  to‘lovga  layoqatsizlik  holati  yuzaga  kelgan  yoki  mijozlar

tomonidan  talab  etilgan  da’volarni  qanoatlantira  olmaslikka  oid  tavakkalchilik  mavjud  bo‘lgan

hollarda darhol Markaziy bankka xabar berishi kerak.

Markaziy  bank  boshqaruvining  litsenziyani  chaqirib  olish  to‘g‘risidagi  qarori  ushbu  qaror

qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy  bank  boshqaruvining  qarori  ushbu  qaror  qabul  qilingan  kuni  bank  rahbariyatiga

imzo qo‘ydirib topshiriladi.

Bankning  litsenziyasi  chaqirib  olinganligi  to‘g‘risidagi  axborot  mazkur  qaror  qabul  qilingan

kundan  e’tiboran  bir  kun  ichida  ommaviy  axborot  vositalarida,  shuningdek  Markaziy  bankning

rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.

Bankka  Markaziy  bank  boshqaruvining  litsenziyani  chaqirib  olish  to‘g‘risidagi  qarori  qabul

qilingan paytdan e’tiboran ushbu Qonunga muvofiq banklar uchun ruxsat etilgan faoliyatni amalga

oshirish taqiqlanadi, bundan bankning tugatilishi bilan bog‘liq harakatlar mustasno.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə