Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Ixtiyoriy tugatish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

79-modda. Ixtiyoriy tugatish


Ixtiyoriy  tugatish  bank  aksiyadorlari  (ishtirokchilari)  umumiy  yig‘ilishining  ixtiyoriy  tugatish

to‘g‘risidagi  qarori  asosida,  kreditorlar  va  omonatchilarning  talablarini  qanoatlantirish  imkoniyati

mavjud bo‘lganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda amalga oshiriladi.

Bankni  ixtiyoriy  tugatish  to‘g‘risidagi  qaror  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida  ishtirok

etayotgan  ovoz  beruvchi  aksiyalar  egalari  bo‘lgan  aksiyadorlar  ovozlarining  to‘rtdan  uch  qismidan

iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish

to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida darhol yozma shaklda xabar berishi shart.

Bankni  ixtiyoriy  tugatishga  ruxsat  olish  uchun  bank  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining

mazkur  qarori  qabul  qilinganidan  keyin  besh  kundan  kechiktirmay  Markaziy  bankka  quyidagi

hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:

bankni  tugatish  to‘g‘risida  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tugatish  sabablari

ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror;

aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlangan,  tugatish  jarayonini,

kreditorlarning  va  omonatchilarning  talablarini  qanoatlantirish  tartib-taomillari  va  muddatlari

doirasidagi tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan tugatish rejasi;

ixtiyoriy  tugatishga  ruxsat  berish  to‘g‘risida  Markaziy  bankka  ariza  bilan  murojaat  etilgan

paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablag‘lar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;

tugatish komissiyasining tarkibi to‘g‘risidagi axborot va boshqa zarur ma’lumotlar.

Bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning

umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tayinlanadi.  Agar  tugatish  komissiyasi  tayinlanmagan  bo‘lsa,  bankni

tugatish bo‘yicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tashkil etiladi.

Tugatish  komissiyasining  rahbari  va  a’zolari  ushbu  Qonunning 

36-moddasi 

talablariga

muvofiq bo‘lishi lozim.

Markaziy  bank  bankni  ixtiyoriy  tugatishga  ruxsat  berish  to‘g‘risidagi  arizani  olgan  kundan

e’tiboran  ikki  oy  ichida  taqdim  etilgan  hujjatlarni  ko‘rib  chiqadi  va  quyidagi  shartlar  bajarilgan

bo‘lsa, bankni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat beradi, agar:

Oldingi

 tahrirga qarang.

bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikka muvofiq qabul qilingan bo‘lsa;



(79-modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bank to‘lovga layoqatli bo‘lsa;

bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda to‘liq va yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;

taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari to‘liq qanoatlantirilishi

uchun imkoniyatlar bo‘lishini ta’minlasa;

bank  Markaziy  bankning  so‘rovnomasiga  ko‘ra  bankni  ixtiyoriy  tugatishga  ruxsat  berish

shartlari  bajarilganligini  aniqlash  uchun  zarur  bo‘lgan  qo‘shimcha  hujjatlarni  belgilangan

muddatda taqdim etgan bo‘lsa.

Markaziy bank salbiy qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish rad etilgani

to‘g‘risidagi  asoslantirilgan  qarorni  bankning  kuzatuv  kengashiga  yetkazadi.  Zarur  hollarda

Markaziy  bank  tugatish  rejasi  va  jadvalining  qayta  ko‘rib  chiqilishini  yoki  qo‘shimcha  hujjatlar  va

axborot taqdim etilishini talab qilishi mumkin.

Markaziy  bank  ixtiyoriy  tugatish  uchun  ruxsat  berganidan  keyin  bank  litsenziyasini  chaqirib

oladi.


Agar  ixtiyoriy  tugatish  jarayonida  bank  to‘lovga  layoqatsiz  ekanligi  aniqlansa,  tugatish

komissiyasi  zudlik  bilan  Markaziy  bankka  xabar  berishi  hamda  bankning  moliyaviy  ahvolini

tasdiqlovchi tegishli hisobot va hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Markaziy  bank  ushbu  moddaning 

o‘ninchi  qismida 

ko‘rsatilgan  hujjatlarni  ko‘rib  chiqadi  va

ushbu  Qonunning  77-moddasi 

ikkinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  asoslardan  birontasi  mavjud  bo‘lgan



taqdirda,  bankning  to‘lovga  layoqatsizligi  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi  va  majburiy  tugatish

jarayonini boshlab yuboradi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə