Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Majburiy tugatish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

80-modda. Majburiy tugatish

Bank  Markaziy  bank  boshqaruvining  litsenziyani  chaqirib  olish  to‘g‘risidagi  qarori  asosida

majburiy tugatiladi.

Bankni  majburiy  tugatish  chog‘ida  tugatish  komissiyasi  Markaziy  bank  tomonidan

tayinlanadi.

Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini kiritishga haqli.



81-modda. Tugatish komissiyasining vakolatlari

Tugatish  komissiyasi  tayinlangan  paytdan  e’tiboran  bank  ishlarini  boshqarish  bo‘yicha,  shu

jumladan  bank  aksiyadorlarining  umumiy  yig‘ilishi,  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruvi  vakolatlari

ushbu komissiyaga o‘tadi.

Tugatish  komissiyasi  tayinlangan  sanadan  e’tiboran  ikki  kun  ichida  ommaviy  axborot

vositalarida,  shuningdek  bankning  rasmiy  veb-saytida  bank  tugatilganligi,  shu  jumladan  uning

omonatchilari  va  kreditorlari  tomonidan  talablarni  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi  arizalarni  berish

tartibi  va  muddatlari  to‘g‘risidagi  e’lonni  chop  etishi  shart.  Talablarni  taqdim  etish  muddati  bank

tugatilganligi  to‘g‘risidagi  xabar  e’lon  qilingan  kundan  e’tiboran  ikki  oyni  tashkil  etadi  va  mazkur

muddat tugaganidan so‘ng tugatish komissiyasi tomonidan talablar qabul qilinmaydi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Tugatish komissiyasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq axborotni

ham oshkor qilishi kerak.

(81-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Tugatish  komissiyasi  litsenziya  chaqirib  olingan  kundan  e’tiboran  ikki  oy  ichida  kreditorlarni

aniqlash  hamda  debitorlik  qarzlarini  va  Markaziy  bankning  majburiy  zaxiralar  jamg‘armasida

depozitga  qo‘yilgan  mablag‘larni  olish  choralarini  ko‘radi.  Mazkur  mablag‘lar  birinchi  navbatda

tugatilayotgan  bankning  qarzlarini  jismoniy  shaxslarning  talablari  asosida  to‘lashga  qaratiladi,

bundan bankka aloqador bo‘lgan shaxslar mustasno.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə