Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

20-modda. Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish

Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi bankni tashkil etishga

doir  dastlabki  ruxsatnoma  olinganidan  keyin  olti  oydan  kechiktirmay  Markaziy  bankka

quyidagilarni taqdim etishi kerak:

bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;

ushbu  Qonun  bilan  belgilangan  eng  kam  miqdordan  kam  bo‘lmagan  summada  bankning

ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek muassislarning ro‘yxati;

bankning  muhim  ahamiyatga  ega  xodimlari  to‘g‘risida  ularning  ushbu  Qonunning 

36-

moddasi 


talablariga muvofiqligini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborot;

tashkil  etilayotgan  bank  joylashgan  yerdagi  Markaziy  bank  hududiy  bosh  boshqarmasining

bank binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika

vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi

to‘g‘risidagi xulosasi;



ushbu  Qonunning 

16

  va 



17-moddalarida 

sanab  o‘tilgan  barcha  hujjatlarning  elektron

shakldagi ko‘chirma nusxalari.

Basharti bankning faoliyati xavfsiz tarzda amalga oshirilishi ta’minlansa hamda omonatchilar

va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek bank tizimi lozim darajada ishlashini

kafolatlovchi  korporativ  boshqaruv  talablariga  rioya  etilsa,  Markaziy  bank  bankni  davlat  ro‘yxatiga

olish hamda litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bankni  davlat  ro‘yxatiga  olish  va  litsenziya  berish  haqidagi  qaror  ariza  barcha  zarur  hujjatlar

bilan olingan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi.

Markaziy  bank  tegishli  qaror  qabul  qilingan  sanadan  e’tiboran  uch  ish  kuni  ichida  ariza

beruvchini  qabul  qilingan  qaror  haqida  yozma  shaklda,  shu  jumladan  axborot-kommunikatsiya

tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.



(20-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  6-yanvardagi  O‘RQ-600-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)

Bankning  davlat  ro‘yxatiga  olinganligi  va  unga  litsenziya  berilganligi  to‘g‘risidagi  axborot

Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Litsenziyaning  qalbaki  hujjatlardan  foydalangan  holda  olinganligi  fakti  aniqlangan  taqdirda

litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə