Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

19-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish

Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos

bo‘ladi:

Oldingi

 tahrirga qarang.

ushbu Qonun 

16

 va 


17-moddalarida 

ko‘rsatilgan taqdim etilgan hujjatlarning banklar va bank

faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi;

(19-modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

baholanishi ushbu Qonunning 

24-moddasiga 

muvofiq amalga oshirilgan muassislarning, shu

jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning mazkur modda talablariga muvofiq emasligi;

bankning biznes-rejada ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishga qodir emasligi;



Oldingi

 tahrirga qarang.

tashkil  etiladigan  bank  bilan  yaqin  aloqalarga  ega  bo‘lgan  bir  yoki  bir  necha  shaxsning

faoliyatini  tartibga  soluvchi  boshqa  mamlakat  qonunlarida  yoki  normativ  hujjatlarida  ushbu



shaxslarga  nisbatan  boshqa  mamlakat  vakolatli  organlarining  talablari  mavjudligi  yoxud  ular

tomonidan  qo‘llanilgan,  Markaziy  bankning  nazorat  qilish  vazifasini  amalga  oshirishiga  to‘sqinlik

qiluvchi  taqiqlar  hamda  cheklovlar  qo‘llanilganligi  yoki  O‘zbekiston  Respublikasining  banklar  va

bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etish borasida boshqa moneliklarning mavjudligi;



(19-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

ushbu Qonun 16-moddasining 

oltinchi qismiga 

muvofiq Markaziy bank tomonidan so‘ralgan

qo‘shimcha hujjatlarning va axborotning taqdim etilmaganligi.

Yaqin aloqalar deganda ikki yoki bir necha shaxs quyidagilar vositasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan

holat tushuniladi:

yuridik  shaxs  ovoz  berish  huquqlarining  yoki  ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  kamida

yigirma foiziga bevosita egalik qilishni yoki nazoratni qo‘lga kiritish;

nazorat qilish;

ikki  shaxs  yoki  barcha  shaxslar  o‘rtasida  yoki  shu  shaxslar  va  uchinchi  shaxs  o‘rtasida

o‘rnatilgan doimiy nazoratning mavjudligi.

Nazorat deganda shaxslar o‘rtasidagi quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi o‘zaro aloqa

tushuniladi:

shaxs tomonidan boshqa yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan

ulushlarga egalik qilish;

yuridik  shaxsning  ishtirokchisi  (aksiyadori)  bo‘lgan  shaxsning  shu  yuridik  shaxs  boshqaruv

organlarining ko‘pchilik a’zolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi;

shaxsning  yuridik  shaxs  faoliyatiga,  u  bilan  tuzilgan  shartnomaga  va  (yoki)  uning  ustavi

qoidalariga muvofiq ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

yuridik  shaxsning  ishtirokchisi  (aksiyadori)  bo‘lgan  shaxsning  shu  yuridik  shaxs  boshqaruv

organlarining  ovoz  berish  huquqini  amalga  oshirishi  natijasida  o‘zi  tayinlagan  a’zolariga  ta’sir

ko‘rsatish  imkoniyati.  Ushbu  mezon,  agar  nazorat  ushbu  qismning 

ikkinchi  —  to‘rtinchi

xatboshilarida 

ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiq bo‘lsa, qo‘llanilmaydi;

yuridik  shaxsning  ishtirokchisi  (aksiyadori)  bo‘lgan  shaxsning  o‘zining  boshqa  ishtirokchilari

(aksiyadorlari) yoki a’zolari bilan kelishuvga binoan mazkur yuridik shaxsning ustav fondida (ustav

kapitalida) ustunlik qiladigan ulushlarni boshqarish imkoniyati.

Markaziy  bankning  asoslantirilgan  mulohazasi  bankni  tashkil  etishga  doir  dastlabki

ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Dastlabki  ruxsatnomani  berishni  rad  etish  to‘g‘risidagi  xabarnoma  ariza  beruvchiga  ushbu

Qonun 16-moddasining 

sakkizinchi qismida

 nazarda tutilgan muddatlarda va shakllarda, rad etish

sabablari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.

Rad  etish  to‘g‘risidagi  xabarnomada  ko‘rsatilgan  kamchiliklar  bartaraf  qilinganligi  inobatga

olingan holda taqdim etilgan ariza va hujjatlar yangidan berilgan deb hisoblanadi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə