Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Xabardor qilish majburiyati



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

27-modda. Xabardor qilish majburiyati

Bank bankning ustav kapitalidagi ulushlarga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu

jumladan  oxirgi  benefitsiar  mulkdorning  shaxsi  va  ulushining  miqdori  to‘g‘risidagi  mavjud

ma’lumotlarni Markaziy bankning so‘rovnomasiga binoan taqdim etishi shart.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank  aksiyalariga  bevosita  va  bilvosita  egalik  qiluvchining,  shu  jumladan  oxirgi  benefitsiar

mulkdorning  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga  muvofiqligini

baholashdan o‘tkazish maqsadida Markaziy bankning yoki bankning so‘rovnomasiga binoan ushbu

shaxslar:

(27-modda  ikkinchi  qismining  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan yillik moliyaviy hisobotni;

o‘ziga  aloqador  shaxslar  va  egalik  qiluvchi  bankka  nisbatan  birgalikda  harakat  qilayotgan

shaxslar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni,  shuningdek  Markaziy  bankka  zarur  bo‘lgan  boshqa  axborotni

taqdim etishi shart.

Markaziy  bank  predmeti  yoki  mazmuni  quyidagilardan  iborat  bo‘lgan  har  qanday  tuzilgan

kelishuv to‘g‘risida xabardor etilishi kerak:



bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi

shaxslarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz berish huquqini kelishilgan holda amalga oshirish;

bank  boshqaruvi  organi  a’zolarining  yoki  bank  ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi

shaxslarning kelishilgan holda faoliyat ko‘rsatishi;

bank  boshqaruvi  yoki  kuzatuv  kengashi  a’zolarining  nomzodlarning  yoxud  bank  ustidan

nazoratni  amalga  oshiruvchi  shaxslarning  ko‘pchiligi  nomzodini  ko‘rsatish  huquqini  amalga

oshirish.

Ushbu  moddaning 

uchinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  xabarnoma  kelishuv  imzolangan  sanadan

e’tiboran besh ish kuni ichida yoki uning mavjudligini oshkor etuvchi holatlar aniqlangan paytdan

e’tiboran darhol Markaziy bankka kelishuv taraflari yoki bankning boshqaruv organlari tomonidan

yuborilishi kerak.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Hal  qiluvchi  egalikka  bevosita  yoki  bilvosita  egalik  qiluvchi,  shu  jumladan  oxirgi  benefitsiar

mulkdor aksiyadorning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini

baholashga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risida  shunday  holatlar  vujudga  kelgan

kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankni xabardor qilishi kerak.

(27-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə