Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

35-modda. Bank boshqaruvi

Bank  boshqaruvi  bankni  boshqarishning  ijro  etuvchi  organi  bo‘lib,  u  bankning  kuzatuv

kengashi  tomonidan  tasdiqlangan  faoliyat  strategiyasi  va  uni  boshqarish  tizimiga  muvofiq

bankning  faoliyatiga  operativ  boshqaruvni  amalga  oshiradi  hamda  bankning  faoliyati  uchun

javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.

Bank boshqaruvi:

strategik  maqsadlarni,  korporativ  boshqaruv  siyosatini,  bankning  boshqa  ichki  siyosatlarini,

shu  jumladan  tavakkalchiliklarni  aniqlash,  boshqarish,  monitoring  qilish  va  tavakkalchiliklar

to‘g‘risida  xabardor  etish,  kapitalning  yetarliligini  lozim  darajada  saqlab  turish  siyosatini  amalga

oshirishi;

bankning  tegishli  va  shaffof  tashkiliy  tuzilmasini,  shu  jumladan  vakolatlarni  va  javobgarlikni

bank xodimlari o‘rtasida o‘z vakolatlari doirasida taqsimlashni ta’minlashi;

bank xodimlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;



bankning  qabul  qilingan  yillik  biznes-rejasini  bajarishi,  shuningdek  bank  aksiyadorlarining

umumiy yig‘ilishiga va kuzatuv kengashiga bajarilgan ishlar, bankka nisbatan qo‘llanilgan choralar

hamda sanksiyalar to‘g‘risidagi hisobotni davriy ravishda taqdim etishi;

Oldingi

 tahrirga qarang.

bank  ustavida  hamda  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilikda  nazarda  tutilgan

boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.

(35-modda  ikkinchi  qismining  oltinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bank  boshqaruvi  bank  aksiyadorlarining  umumiy  yig‘ilishiga  va  kuzatuv  kengashiga

hisobdordir.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə