Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

5-bob. Prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish

38-modda. Banklar va bank guruhlari tomonidan prudensial normativlarga rioya etish

Banklarning  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  hamda  omonatchilar  va  kreditorlarning

manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yo‘l

qo‘yiladigan  qiymatlari  Markaziy  bank  tomonidan  belgilanadigan  prudensial  normativlarga  rioya

etishi shart.

Prudensial normativlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:




kapitalning monandlik koeffitsiyentlari;

bir  qarz  oluvchiga  yoki  o‘zaro  aloqador  qarz  oluvchilar  guruhiga  doir  tavakkalchilikning  eng

ko‘p miqdori;

yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori;

sohalar kesimida to‘planish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari;

likvidlik koeffitsiyentlari;

bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;

ta’minotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng ko‘p miqdori;

bankning  aktivlarini  tasniflashga  va  ularning  sifatini  baholashga,  bank  aktivlari  bo‘yicha

ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar;

bank  aktivlari  bo‘yicha  foizlarni  hisoblash  va  ularni  bankning  daromadlar  hisobvarag‘iga

kiritishga doir talablar;

yuridik  shaxslarning  ustav  fondlaridagi  (ustav  kapitallaridagi)  sotib  olinadigan  ulushlar  va

aksiyalarning eng ko‘p miqdori;

ko‘chmas  mulkni  va  boshqa  mol-mulkni  sotib  olishga  hamda  unga  egalik  qilishga  doir

talablar;

ochiq valyuta mavqeyi limitlari;

umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan

boshqa prudensial normativlar.

Banklar  aktivlar  bo‘yicha  yo‘qotishlarga  oid  tavakkalchilikni  kamaytirish  maqsadida  o‘zining

kapitalini  va  likvid  resurslarini  yetarli  darajada  saqlab  turishi,  aktivlar  bo‘yicha  ehtimoliy

yo‘qotishlarga  qarshi  zaxiralarni  aktivlarni  tasniflash  asosida  shakllantirishi,  shuningdek  o‘z

aktivlarining diversifikatsiya qilinishini ta’minlashi kerak.

Markaziy  bank  banklar,  banklar  guruhi  va  tizimli  ahamiyatga  ega  banklar  uchun  mazkur

bankka,  tizimli  ahamiyatga  ega  bankka  va  banklar  guruhiga  xos  tavakkalchilik  omillarining  eng

ko‘p  o‘zgarishlari  chog‘ida  yuzaga  keladigan  ehtimoldagi  zararlarning  o‘rnini  qoplash  uchun

likvidlik va kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlariga qo‘shimcha ustamalar belgilashga haqli.

Prudensial  normativlarga  kelgusidagi  o‘zgartishlar  ushbu  o‘zgartishlar  amalga  kiritilishidan

kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə