Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Tekshirish va baholash jarayoni



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

46-modda. Tekshirish va baholash jarayoni

Oldingi

 tahrirga qarang.

Markaziy  bank  banklar  tomonidan  foydalaniladigan  tizimlar,  strategiyalar,  tartib-taomillar

hamda  mexanizmlarning  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga

muvofiqligini  tekshiradi,  shuningdek  banklarning  mavjud  va  ehtimoldagi  tavakkalchiliklarini,  shu

jumladan  alohida  banklar  tomonidan  bank  (moliya)  tizimiga  xavf  soluvchi  tavakkalchiliklarni

baholaydi.

Ushbu  moddaning 

birinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  tekshiruvlar  va  baholashlarda  banklar

tomonidan  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablarining  bajarilishi  zarurligi

hisobga olinadi.

(46-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-

683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Markaziy  bank  ushbu  moddaning 

birinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  tekshiruvlar  va

baholashlarning  natijalari  asosida  bank  faoliyatining  ixtisoslashuvi,  miqyosi  va  murakkabligini,

shuningdek  oqilona  boshqaruvning  ta’minlanganligi  hamda  tavakkalchiliklarning  o‘rni  bankning

regulyativ muvofiqlik mexanizmlari, kapitali va likvidliligi bilan qoplanganligi darajasini aniqlaydi.

Ushbu  moddaning 

birinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  tekshiruvlar  va  baholashlarni  o‘tkazish

davriyligi  va  darajasi  Markaziy  bank  tomonidan  mutanosiblik  prinsipidan,  shuningdek  bank

faoliyatining  tizimdagi  ahamiyati,  ixtisoslashuvi,  miqyosi  va  murakkabligidan  kelib  chiqib,  davlat

organlari  va  boshqa  tashkilotlar  bilan  kelishuvlarsiz  va  xabar  berilmasdan  mustaqil  ravishda

belgilanadi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə