Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

6-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari

45-modda. Prudensial nazorat

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank  faoliyatining  o‘ziga  xos  tavakkalchiliklarining  oldini  olish  va  qisqartirish  maqsadida

Markaziy  bank,  basharti  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga  rioya  etilsa,

banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratni ta’minlaydi.



(45-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Prudensial nazoratni ta’minlash uchun Markaziy bank:



Oldingi

 tahrirga qarang.

banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq bo‘lishi

uchun  banklar  tomonidan  foydalaniladigan  tizimlar,  strategiyalar,  tartib-taomillar  hamda

mexanizmlar ustidan;



(45-modda  ikkinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

banklarga  tahdid  solayotgan  yoki  tahdid  solishi  mumkin  bo‘lgan  tavakkalchiliklar,  oqilona

boshqaruv  ta’minlanganligi  hamda  tavakkalchiliklarni  muvofiqlashtiruvchi  mexanizmlar

banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan;



Oldingi

 tahrirga qarang.


banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar

va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.



(45-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi

 tahrirga qarang.

Banklar o‘zining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga

muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart.

(45-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Banklarning  ichki  boshqaruv  mexanizmlari,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotlarning  yuritilishi,

shuningdek  ma’muriy  tartib-taomillari  banklarning  prudensial  talablarga  muvofiqligini  tekshirish

imkonini berishi kerak.

Banklar  Markaziy  bank  tomonidan  prudensial  talablarga  muvofiqlikni  tekshirish  uchun

bitimlar  va  operatsiyalarni  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  qoidalarga  muvofiq  ro‘yxatga

olishi shart.

Markaziy  bank  banklar  kapitalining  monandligini  ularning  tavakkalchiliklari  sohasidan  kelib

chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari to‘g‘risida axborot olish

maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi.

Zarur  hollarda  Markaziy  bank  nazorat  vazifalarini  bajarish  uchun  tashqi  ekspertlarni  jalb

etishga haqli.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə