Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

41-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi

Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini bank tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz

asosda  amalga  oshirish  uchun  uchinchi  tarafga  topshirish  bank  xizmatlari  va  operatsiyalarining

autsorsingidir (bundan buyon matnda autsorsing deb yuritiladi).

Bank  Markaziy  bankning  ruxsatnomasi  olinganidan  keyin  xizmatlar  va  operatsiyalarning

ayrim  turlarini  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  talablarga  muvofiq  autsorsingga  topshirish

huquqiga ega.

Litsenziya  asosida  amalga  oshiriladigan  xizmatlar  va  operatsiyalarning  ayrim  turlarini  faqat

tegishli litsenziya egasiga autsorsingga topshirishga yo‘l qo‘yiladi.

Bank xizmatlari va operatsiyalarining ayrim turlari o‘ziga autsorsingga topshirilgan shaxsning

mazkur  xizmatlar  hamda  operatsiyalarni  keyinchalik  boshqa  shaxsga  autsorsingga  topshirishi

taqiqlanadi.  Mazkur  cheklov  bank  tomonidan  xizmatlar  va  operatsiyalarning  ayrim  turlarini

autsorsingga topshirish to‘g‘risidagi shartnomada aks ettirilishi kerak.

Bank  autsorsingga  topshirilgan  xizmatlar  va  operatsiyalarning  ayrim  turlari  bilan  bog‘liq

tavakkalchiliklarning boshqarilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Xizmatlar  va  operatsiyalarning  ayrim  turlarini  autsorsingga  topshirishda  bank  Markaziy

bankning  talablariga,  shu  jumladan  ichki  siyosatlar  va  hisobotdorlik  mavjudligi  bo‘yicha,

shuningdek Markaziy bankka autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari

yuzasidan axborot taqdim etish bo‘yicha talablariga javob berishi kerak.

Banklar autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari tashqi auditdan

o‘tkazilishini har yili yoki Markaziy bankning talabiga binoan ta’minlashi shart.

Markaziy bank quyidagi hollarda autsorsing shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli:

bank  tomonidan  autsorsingga  topshirilgan  xizmatlar  va  operatsiyalarning  lozim  darajadagi

hamda  muntazam  ravishdagi  nazorati,  tekshiruvi  va  tavakkalchilik  boshqaruvi  amalga

oshirilmaganda;

autsorsing  uchun  jalb  etilgan  shaxs  faoliyatida  bankning  o‘z  majburiyatlarini  bajarish

qobiliyatiga tahdid soluvchi kamchiliklar mavjud bo‘lganda.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə