Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda.  Bank  va  banklar  guruhining  ichki  nazoratiga  hamda  tavakkalchiliklarni



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

42-modda.  Bank  va  banklar  guruhining  ichki  nazoratiga  hamda  tavakkalchiliklarni

boshqarish tizimiga doir talablar

Bank  va  banklar  guruhi  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  ichki  nazoratga  hamda

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Markaziy bankning talablari

bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatini, miqyosini va

murakkabligini mutanosiblik prinsipini inobatga olgan holda hisobga oladi.

Bank  va  banklar  guruhining  ichki  nazoratiga  hamda  tavakkalchiliklarni  boshqarish  tizimiga

doir Markaziy bank talablari jumlasiga quyidagilar kiradi:

ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy, nazoratga oid hamda boshqa hisobotlarning

to‘liqligini, ishonchliligini va o‘z vaqtidaligini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash;

bank tomonidan prudensial talablar bajarilishini ta’minlash;

bankda  bank  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  tavakkalchiliklarni  aniqlash  va  boshqarish,  stress-

testdan  o‘tkazish  bo‘yicha  tasdiqlangan  siyosatining,  shuningdek  bank  uchun  ahamiyatli

tavakkalchiliklar va kapital bo‘yicha hisobot tizimining mavjudligi;

bank  uchun  ahamiyatli  tavakkalchiliklarni  boshqarishga  va  ularning  samaradorligini

baholashga doir siyosatlarning bank tomonidan izchil amalga oshirilishi hamda ularga rioya etilishi;

bankning  ichki  hujjatlarida  belgilangan  tavakkalchiliklarning  eng  yuqori  miqdorlariga  va

kapitalning  monandligiga,  tavakkalchiliklarni  boshqarish  bo‘yicha  bankda  qo‘llanilayotgan  tartib-

taomillarning  samaradorligiga  hamda  ularni  qo‘llash  izchilligiga  bankning  rioya  etishi  ustidan

kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish.



Oldingi

 tahrirga qarang.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə