Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

44-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish

Banklarning  bankka  aloqador  bo‘lgan  shaxslar  bilan  yoki  bunday  shaxslar  nomidan  harakat

qiladigan  shaxslar  bilan  tuzadigan  shartnomalari  bankka  aloqador  bo‘lmagan  shaxslar  uchun

nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning

bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi.

Ancha qulay shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi:

bank  bankka  aloqador  bo‘lmagan  shaxslar  bilan  ularning  tabiati,  maqsadi,  xususiyatlari  va

bankning  tavakkalchiligidan  kelib  chiqib  tuzmaydigan  bitimni  bankka  aloqador  shaxs  bilan  yoki

shunday shaxsning manfaatlarini ko‘zlab tuzilishini;

boshqa  shaxslarga  nisbatan  moliyaviy  operatsiyalarni  amalga  oshirganligi  uchun  pastroq

tarzda  mukofotlar  olinishini  va  to‘lovlarni  pastroq  tarzda  undirilishini  yoki  ta’minotni  boshqa

shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat bo‘yicha qabul qilinishini.

Bank  o‘ziga  aloqador  shaxslarga  ta’minlanmagan  (ishonchga  asoslangan  kreditlar)  kreditlar

(qarzlar) berishi mumkin emas.

Bank o‘ziga aloqador shaxslar bilan ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda faqat

bank  kuzatuv  kengashining  qaroriga  ko‘ra  bitimlar  tuzishi  mumkin.  Agar  shaxs  bank  bilan  bitim

tuzish  bo‘yicha  shartnoma  imzolanganidan  keyin  bankka  aloqador  shaxsga  aylansa,  bankning

kuzatuv  kengashi  shaxs  bankka  aloqador  shaxsga  aylangan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz  kun  ichida

mazkur shartnomani ma’qullashi yoki uni bekor qilish to‘g‘risida farmoyish berishi kerak.

Kuzatuv  kengashining  a’zosi  bank  bilan  o‘zi  o‘rtasida  yoki  o‘ziga  aloqador  shaxs  o‘rtasida

tuzilgan yoki tuziladigan bitim masalasi ko‘rilayotgan kuzatuv kengashi yig‘ilishida hozir bo‘lmasligi,

kuzatuv kengashi qabul qiladigan qarorga ta’sir ko‘rsatishga urinmasligi kerak.

Bank o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning alohida ro‘yxatini yuritishi va

Markaziy bankni bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzilishi oldidan xabardor etishi shart.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə