Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Vaqtinchalik boshqaruvchi



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

52-modda. Vaqtinchalik boshqaruvchi

Agar  kuzatuv  kengashining  yoki  boshqaruvning  bitta  yoki  bir  necha  a’zosini  almashtirish

bo‘yicha  Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshirilgan  nazorat  choralari  yetarli  emas  deb



hisoblansa, Markaziy bank:

kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari bilan vaqtinchalik ishlashga;

kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolarini vaqtinchalik almashtirishga;

bankka bitta yoki bir necha vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlashga haqli.

Vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu Qonun 

36-moddasining 

talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Bank  aksiyadori,  qarz  oluvchisi,  kreditori  yoki  bankka  aloqador  shaxs  bankning  vaqtinchalik

boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.

Markaziy  bank  vaqtinchalik  boshqaruvchini  lavozimga  tayinlash  va  lavozimidan  ozod  etish,

uning vakolatlarini bank ustaviga va ushbu Qonunga muvofiq belgilash bo‘yicha mutlaq huquqqa

ega.


Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  hollarda  vaqtinchalik  boshqaruvchining  harakatlari

Markaziy  bank  bilan  oldindan  kelishilishi  kerak.  Oldindan  kelishmay  turib  amalga  oshirilgan

harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Vaqtinchalik  boshqaruvchi  Markaziy  bankka  bankning  moliyaviy  ahvoli  va  o‘z  vakolatlari

doirasida  ko‘rilgan  choralar  to‘g‘risidagi  hisobotlarni  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan

muddatlarda, shuningdek amalga oshirilgan ishlar haqidagi yakuniy hisobotni taqdim etadi.

Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchining zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq choralar

ko‘rish,  shu  jumladan  bank  aksiyadorlarining  navbatdan  tashqari  umumiy  yig‘ilishini  chaqirish  va

kapitalni ko‘paytirish to‘g‘risida talab qo‘yish majburiyatini yuklatishga haqli.

Vaqtinchalik  boshqaruvchi  o‘n  ikki  oygacha  bo‘lgan  muddatga  tayinlanadi.  Bu  muddat

alohida hollarda Markaziy bank tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Bankda  vaqtinchalik  boshqaruvni  amalga  oshirish  tartibi  Markaziy  bank  tomonidan

belgilanadi.

Oldingi

 tahrirga qarang.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə