Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Qo‘pol qoidabuzarliklar



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

54-modda. Qo‘pol qoidabuzarliklar

Qo‘pol qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:




litsenziya  va  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatlarning  qalbaki  hujjatlardan  foydalangan

holda olinganligi;

sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning

ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi;

bankning  yoki  banklar  guruhining  faoliyatidagi  qo‘pol  qoidabuzarliklarni  bartaraf  etish

to‘g‘risidagi Markaziy bank ko‘rsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;

foydani  taqsimlashda  ushbu  Qonunning 

39-moddasida 

ko‘rsatilgan  talablarning

bajarilmaganligi;

bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan

talabga muvofiq emasligi;

bank  yoki  banklar  guruhi  kapitali  monandligi  koeffitsiyentining  olti  oydan  ko‘proq  muddat

davomida  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  yo‘l  qo‘yiladigan  eng  kam  miqdordan  sakson

foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi;

bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;

litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi;

ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi;

bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi;

buxgalteriya  hisobining  hisobotga  oid  ma’lumotlar  buzilishiga  olib  keladigan  va  bankning

yoki  banklar  guruhining  haqiqiy  moliyaviy  ahvolini  aks  ettirish  imkonini  bermaydigan

qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;

auditorlik  tashkilotiga  bankning  auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazish  uchun  zarur  bo‘lgan

moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi;

Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qilinganligi;

bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;

Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning

yoki banklar guruhining to‘lov layoqatini yoxud likvidligini baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi

buzilgan yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi;

oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotning oshkor etilmaganligi;

boshqaruvning  tashkiliy  tuzilmasida,  ichki  nazoratda,  shuningdek  tavakkalchiliklarni

boshqarish  tizimida  bankning  to‘lov  layoqatiga  tahdid  soluvchi  yoki  zarar  ko‘rilishiga  olib  keluvchi

nuqsonlarning mavjudligi;

tizimli ahamiyatga ega banklar tomonidan Markaziy bankning bufer kapitaliga oid talablariga

rioya etilmaganligi;

bank  tomonidan  ayrim  moliyaviy  operatsiyalarni  amalga  oshirish  yoki  filiallar  ochishga  doir

cheklovlarga va (yoki) taqiqqa rioya etilmaganligi;

bank tomonidan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi taqdim etilmaganligi;

bankning  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruv  a’zolari,  shuningdek  muhim  ahamiyatga  ega

xodimlarining ushbu Qonunning

 36-moddasi 

talablariga muvofiq emasligi;



Oldingi

 tahrirga qarang.

bank  siri  to‘g‘risidagi  qonunchilik,  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirishga,

terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi

kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi;



(54-modda  birinchi  qismining  yigirma  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-

apreldagi  O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

  tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son)

jiddiy  qoidabuzarlik  uchun  Markaziy  bank  tomonidan  jarima  qo‘llanilganidan  keyin  besh  yil

davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə