Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun Markaziy bank



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

7-bob. Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun Markaziy bank

tomonidan qo‘llaniladigan choralar hamda sanksiyalar

(7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda

— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

53-modda. Choralarning va sanksiyalarning qo‘llanilishi

Markaziy  bank  ushbu  Qonunning 

54



55



  va 

56-moddalarida 

ko‘rsatilgan  qoidabuzarliklar

uchun  javobgar  bo‘lgan  bankka,  uning  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruvi  a’zolariga,  shuningdek

bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llashga haqli.

Qoidabuzarliklar qo‘pol, jiddiy va juz’iy qoidabuzarliklarga bo‘linadi.

Choralar va sanksiyalarni qo‘llash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Choralar va sanksiyalar qo‘llanilganda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi:

tavakkalchilikning darajasini, qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini;

qoidabuzarliklarning tizimliligini va davomiyligini;

yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarning moliyaviy holatga ta’sirini;

qo‘llaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni o‘zgartirish imkoniyatini;

aniqlangan  qoidabuzarliklarning  va  (yoki)  tavakkalchiliklarning  yuzaga  kelishiga  olib  kelgan

sabablarni;

ilgari qo‘llanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini);

bank,  bevosita  va  bilvosita  aksiyador  tomonidan,  shu  jumladan  oxirgi  benefitsiar  mulkdor,

kuzatuv  kengashining  va  boshqaruvning  a’zosi,  bankning  muhim  ahamiyatga  ega  xodimi

tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar ko‘rilishini.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə