Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

49-modda. Bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi

Bank o‘zining moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda Markaziy bankning talabiga ko‘ra uni

tiklash  choralarini  o‘z  ichiga  olgan  bankning  moliyaviy  ahvolini  tiklash  rejasini  (bundan  buyon

matnda tiklash rejasi deb yuritiladi) ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish va baholash uchun taqdim

etadi.

Bank  tiklash  rejasini  har  yili  yoki  bankning  tashkiliy  tuzilmasida,  uning  faoliyatida  yoki



moliyaviy  ahvolida  tiklash  rejasiga  ta’sir  etishi  mumkin  bo‘lgan  o‘zgarishlardan  keyin  yangilashi

kerak.


Bankning  tiklash  rejasi  makroiqtisodiy  va  moliyaviy  inqiroz  ko‘rinishlarining  bank  faoliyatiga

ta’sirini, shu jumladan tizimga oid hodisalarni va mazkur bank uchun tavakkalchiliklarni o‘zida aks

ettirishi kerak.

Bankni  tiklash  rejasi  tegishli  qarorlar  qabul  qilinishi  kerak  bo‘lgan  holatni  aniqlovchi  chora-

tadbirlar ro‘yxatini va ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi kerak.

Tiklash rejasi bank tomonidan taqdim etilgan kundan e’tiboran uch oy ichida Markaziy bank

uni ko‘rib chiqadi va ushbu rejaning quyidagi mezonlarga muvofiqligini baholaydi:

tiklash  rejasida  ko‘rsatilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirilgan  taqdirda,  bankning  moliyaviy

mavqeyini saqlab qolishi va (yoki) tiklashi;

moliyaviy  inqiroz  sharoitida  tiklash  rejasida  ko‘rsatilgan  chora-tadbirlarni  tez  va  samarali

amalga oshirish, shuningdek bank va moliya tizimiga salbiy ta’sirlarni kamaytirish imkoniyati.

Tiklash  rejasi  ushbu  moddaning 

beshinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  mezonlarga  muvofiq

bo‘lmagan taqdirda, Markaziy bank bankdan:

tiklash rejasini qayta ko‘rib chiqishni;




tiklash rejasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni;

tiklash  rejasidagi  kamchiliklarni  yoki  uni  amalga  oshirish  borasidagi  to‘siqlarni  bartaraf  etish

uchun zarur bo‘lgan, o‘z faoliyatiga kiritiladigan o‘zgarishlarni bank tomonidan aniqlashni;

tavakkalchiliklar sohasini kamaytirishni;

bankni qayta kapitallashtirish choralari o‘z vaqtida ko‘rilishini;

bankni rivojlantirish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni;

bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Ushbu  modda  oltinchi  qismining 

beshinchi  —  sakkizinchi  xatboshilarida

  ko‘rsatilgan  chora-

tadbirlar,  agar  ushbu  modda  oltinchi  qismining 

ikkinchi  —  to‘rtinchi  xatboshilarida

  ko‘rsatilgan

chora-tadbirlar  tiklash  rejasining  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga

muvofiqligini ta’minlamasa, qo‘llaniladi.

(49-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Banklar  guruhining  asosiy  banki  guruh  darajasida  o‘zining  moliyaviy  ahvoli

yomonlashganidan  keyin  tiklash  uchun  ko‘riladigan  chora-tadbirlarni  o‘z  ichiga  oluvchi  bank

guruhini tiklash rejasini ishlab chiqishi kerak.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Banklar  guruhini  tiklash  rejasi  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga

muvofiq bo‘lishi lozim.

(49-moddaning  to‘qqizinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bankni  tiklash  rejasining  mazmuniga  va  yangilanishiga  oid  talablar,  uni  taqdim  etish  va

baholash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə