Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat

Markaziy  bank  quyidagi  hollarda  banklar  ustidan  konsolidatsiyalashgan  nazoratni  amalga

oshirishi kerak:

banklar guruhi tashkil etilganda;

Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga ko‘ra bank

guruhining a’zosi deb belgilaganda.

Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.

Markaziy  bank  samarali  hamkorlikni,  axborot  almashinuvini  tashkil  etish  va

konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat o‘rnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank

nazorati  organlari  bilan  (agar  mavjud  bo‘lsa)  mazkur  mamlakatlarning  qonunlari  bilan

qo‘riqlanadigan sirlarga, shaxsga doir ma’lumotlar va maxfiy axborotdan foydalanish tartibiga rioya

etgan holda hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risida yozma kelishuvlar tuzishga haqli.

Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Markaziy bank tomonidan belgilanadi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə