Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Prudensial nazorat dasturi



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

47-modda. Prudensial nazorat dasturi

Markaziy  bank  har  yili  banklar  faoliyati  ustidan  prudensial  nazorat  dasturini  tasdiqlaydi,  bu

dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Oldingi

 tahrirga qarang.

stress-test  natijalari  moliyaviy  barqarorligida  sezilarli  tavakkalchiliklar  mavjud  ekanligini

ko‘rsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq

emasligi taxmin qilingan banklar;



(47-modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan banklar;

Markaziy bankning fikriga ko‘ra qo‘shimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar.



Prudensial nazorat dasturi:

Markaziy  bank  tomonidan  nazorat  vazifalarini  amalga  oshirish  va  resurslarni  taqsimlash

tartibini;

qo‘shimcha  nazorat  qilinishi  lozim  bo‘lgan  banklarni  aniqlash  tartib-taomilini  va  ushbu

moddaning

 uchinchi qismiga 

muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choralarni;

banklarni tekshirish rejasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy  bank  bankning  tavakkalchiliklarini  baholash  natijalarini  hisobga  olib,  quyidagilarni

o‘z ichiga olgan tegishli choralarni ko‘rishi mumkin:

bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish;

bank tomonidan qo‘shimcha hisobotlar taqdim etish;

bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish;

muayyan tavakkalchiliklar bo‘yicha mavzuli tekshiruvlar o‘tkazish.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə