Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Rahbarlik prinsiplarini qo‘llash



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

36-modda. Rahbarlik prinsiplarini qo‘llash

Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega

xodimlari  benuqson  ishchanlik  obro‘siga,  bank  tavakkalchiliklarining  samarali  boshqarilishini,  o‘z

vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tajribaga, bilim

va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega

xodimlari  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilik  talablariga  doimo  muvofiq  bo‘lishini

ta’minlashi shart.



(36-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Markaziy  bank  bank  kuzatuv  kengashining  va  boshqaruvning  a’zoligiga  hamda  muhim

ahamiyatga  ega  xodimlar  lavozimlariga  ko‘rsatilayotgan  nomzodlarni  ularning  lavozimga

kirishishidan oldin kelishib oladi. Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obyektiv sabablarga ko‘ra

oldindan  kelishib  olishning  imkoni  bo‘lmasa,  bank  keyinchalik  rozilik  olish  uchun  so‘rovnoma

yuborishi kerak.

Bank boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan

boshqa  tashkilotlarda  o‘rindoshlik  asosida  ishlashi  mumkin,  bundan  ularning  boshqa  banklar  va

tashkilotlarda  ishga  joylashuvi  manfaatlar  to‘qnashuviga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  hollar

mustasno.

Bank  kuzatuv  kengashining  va  boshqaruvining  a’zolarini,  shuningdek  muhim  ahamiyatga

ega  xodimlarni  baholash  shartlari,  baholash  uchun  zarur  hujjatlar,  malaka  talablariga  muvofiqlik

mezonlari, shuningdek ularni kelishib olish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə