Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Korporativ boshqaruv



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

33-modda. Korporativ boshqaruv

Bank:


javobgarlikning shaffof sohalarini;

bank  duchor  bo‘lgan  yoki  duchor  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  tavakkalchiliklarni  aniqlash,

boshqarish, monitoring qilish va ular haqida xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik

vaziyatining sodir bo‘lishi ssenariylarini);

operatsiyaga oid tavakkalchilikning o‘rnini qoplash uchun likvidlikni va kapitalning yetarliligini

baholash tartib-taomilini;

ichki  nazoratning  tegishli  mexanizmlarini,  shu  jumladan  buxgalteriya  hisobini  yuritish

tartibini;

tavakkalchiliklarni  oqilona  hamda  samarali  boshqarishga  ko‘maklashadigan  hamda  mos

keladigan  xodimlarni  mukofotlashning  siyosati  va  usullarini  belgilovchi  korporativ  boshqaruvning

aniq ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega bo‘lishi kerak.

Korporativ  boshqaruvning  tashkiliy  tuzilmasi,  tartib-taomillari  va  mexanizmlari  kompleks

tusga  ega  bo‘lishi  hamda  bank  amalga  oshirayotgan  biznes-model  va  faoliyatga  xos  bo‘lgan

tavakkalchiliklarning  xususiyati,  miqyosi  hamda  murakkabligiga  muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Ichki

nazorat  mexanizmlari  kamida  boshqaruv  vazifalari  bajarilishini  va  tavakkalchiliklar  baholanishini

hamda ichki audit talablariga rioya etilishini ta’minlashi kerak.

Banklardagi korporativ boshqaruvga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə