Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Banklarning chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalari



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

31-modda. Banklarning chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalari

Banklar  Markaziy  bankning  ruxsatnomasi  bilan  quyidagi  hollarda  chet  elda  sho‘ba  banklar

ochishi  va  filiallar  tashkil  etishi,  banklarning  kapitalida  ishtirok  etishi,  shu  jumladan  chet  el

banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin:

Markaziy  bank  va  qabul  qiluvchi  mamlakatning  bank  nazorati  organi  bilan  axborot

ayirboshlash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lganda;



Oldingi

 tahrirga qarang.

qabul  qiluvchi  mamlakatning  qonunchilik  va  uning  qo‘llanilish  uslubiyoti  Markaziy  bank

tomonidan sho‘ba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilmaganda;

(31-modda  birinchi  qismining  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bankning  boshqaruvi  va  moliyaviy  holati  sho‘ba  bank,  filial  orqali  amalga  oshiriladigan,

rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli bo‘lganda;

prudensial normativlar ko‘rsatkichlariga rioya etilganda va ular o‘sib borganda hamda banklar

va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq bo‘lganda.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bankning sho‘ba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan

mamlakat qonunchiligiga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi.

(31-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bank  tomonidan  chet  elda  vakolatxona  ochish,  sho‘ba  bankni,  vakolatxonani  yoki  filialni

yopish, shuningdek chet el banki aksiyalarini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank

bunday qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va




ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida axborot taqdim

etishi shart.

Markaziy  bank  qabul  qiluvchi  mamlakatdagi  bank  nazorati  organini  O‘zbekiston

Respublikasining yuridik shaxsi bo‘lgan, mazkur mamlakat hududida sho‘ba bank, vakolatxona yoki

filial orqali faoliyat ko‘rsatayotgan bankning litsenziyasi chaqirib olinayotganligi to‘g‘risida xabardor

qilishi kerak.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə