Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankning kuzatuv kengashi



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

34-modda. Bankning kuzatuv kengashi

Bankning  kuzatuv  kengashi  bank  faoliyatiga  umumiy  rahbarlikni  amalga  oshiradi,

boshqaruvga  oid  qarorlar  qabul  qilish  jarayonida  nazorat  va  tekshiruv  vazifasini  bajaradi  hamda

umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir.

Bankning  kuzatuv  kengashi  bankni  samarali  va  tadbirli  boshqarishni,  shu  jumladan  bank

boshqaruvi  a’zolari  o‘rtasida  vakolatlarning  hamda  javobgarlikning  taqsimlanishini,  manfaatlar

to‘qnashuvining  oldi  olinishini  va  bartaraf  etilishini  ta’minlaydigan  boshqaruv  tashkiliy  tuzilmasini

belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi.

Bankning  kuzatuv  kengashi  a’zolari  bankning  oqilona  korporativ  boshqaruviga

ko‘maklashishi  hamda  o‘z  vakolatlarini  va  majburiyatlarini  bajarish  chog‘ida  bankning,  uning

omonatchilari  va  aksiyadorlarining  qonuniy  manfaatlarini  inobatga  olishi,  shuningdek  Markaziy

bank bilan samarali hamkorlikni ta’minlashi kerak.

Bank kuzatuv kengashining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya

qilish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonunida

  nazarda  tutilgan  vakolatlari  jumlasiga

qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiradi:

strategik  maqsadlarni,  korporativ  boshqaruv  siyosatini,  bankning  boshqa  ichki  siyosatlarini,

shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular to‘g‘risida xabardor



etish,  kapitalning  yetarliligini  lozim  darajada  saqlab  turish  siyosatini  tasdiqlash  hamda  ularning

amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;

aktivlarni  tasniflash  asosida  aktivlar  bo‘yicha  ehtimoldagi  zararlarga  qarshi  yaratiladigan

zaxiralar  shakllantirilishi  ustidan  nazorat  qilish,  shuningdek  bankning  kapital  va  umumiy

zaxiralarining yetarli darajada saqlab turilishini ta’minlash;

manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibini tasdiqlash;

bankning moliyaviy holatini tiklash rejalarini tasdiqlash;

bankning boshqaruvi ustidan nazoratni amalga oshirish;

bankning  qabul  qilingan  biznes-rejasi  bajarilishi  ustidan  nazorat  qilish,  shuningdek  har

chorakda bankning faoliyati natijalari to‘g‘risida bank boshqaruvining hisobotini eshitish;

bankning ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish, shuningdek bank ichki audit xizmatining

choraklik hisobotlari asosida bank boshqaruvi tomonidan bank strategiyalari va siyosatlariga rioya

etilishini baholashdan o‘tkazish;

bank  boshqaruvi  a’zolari  tomonidan  taqdim  etilgan  axborotni,  takliflarni  va  tushuntirishlarni

o‘rganish, muhokama qilish hamda ular bo‘yicha bahslashish;

bank faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligini, shu jumladan bank boshqaruvi prinsiplari

monitoringini  va  ularni  davriy  baholashni  amalga  oshirish  hamda  aniqlangan  kamchiliklarni

bartaraf etish uchun tegishli choralarni ko‘rish;

bir  yilda  kamida  bir  marta  amalga  oshirilgan  nazorat  va  tekshiruv  faoliyati  to‘g‘risida

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga hisobot taqdim etish;

yillik  moliyaviy  hisobotlarni  tasdiqlash  hamda  buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  hisobotlar

tizimining yaxlitligini ta’minlash;

bankning  uzoq  muddatli  moliyaviy  manfaatlarini  va  Markaziy  bank  tomonidan  kapitalga

nisbatan  belgilangan  talablarni  hisobga  olgan  holda  prudensial  talablarga  rioya  etilishini

ta’minlash.

Bankning kuzatuv kengashi a’zolari soni, bank aksiyadorlari sonidan qat’i nazar, besh kishidan

kam  bo‘lmagan  miqdorda  toq  sonda  bo‘lishi  lozim.  Kuzatuv  kengashi  a’zolarining  ko‘pchiligi

bankka  aloqador  shaxslar  bo‘lmasligi  kerak,  bundan  ularning  kuzatuv  kengashidagi  a’zoligi

mustasno.

Bank  kuzatuv  kengashi  a’zolari  o‘z  mulohazalarining  mustaqilligi  bo‘yicha  talablarga  rioya

etishi kerak.

Quyidagi hollarda shaxs kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin emas yoki saylangan

shaxs kuzatuv kengashi a’zoligi huquqidan mahrum etiladi, agar:

shaxs ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lsa yoki a’zo bo‘lish niyatida

bo‘lsa, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli bo‘lgan hollar mustasno;

shaxsning vakolatlari Markaziy bank talabiga ko‘ra muddatidan ilgari tugatilgan bo‘lsa.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə