Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorning muvofiqligi to‘g‘risidagi talablarga rioya etmaslik



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

25-modda. Aksiyadorning muvofiqligi to‘g‘risidagi talablarga rioya etmaslik

Markaziy  bank  hal  etuvchi  egalikka  bevosita  yoki  bilvosita  egalik  qiluvchiga,  shu  jumladan

oxirgi benefitsiar mulkdorga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llashga quyidagi hollarda haqlidir,

agar ular:



Oldingi

 tahrirga qarang.

banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mos bo‘lmasa;



(25-modda  birinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bankka  uning  barqaror  moliyaviy  holatiga  xavf  tug‘dirishi  mumkin  bo‘lgan  tarzda  ta’sir

ko‘rsatayotgan bo‘lsa;

oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etmagan bo‘lsa.




Markaziy  bank  bankning  aksiyalarini  olishga  doir  dastlabki  ruxsatnomani  olmasdan  turib

kelishilgan faoliyat natijasida hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan aksiyadorlarga nisbatan choralar va

sanksiyalar qo‘llashga haqli.

Ushbu  moddaning 

birinchi

  va 


ikkinchi  qismlarida 

ko‘rsatilgan  hollarda  Markaziy  bank

quyidagi choralar hamda sanksiyalarni alohida-alohida yoki jamlangan tarzda qo‘llaydi:

ovoz  berish,  aksiyadorlarning  navbatdan  tashqari  yig‘ilishini  chaqirish  va  o‘tkazishni  talab

qilish, kun tartibiga masalalarni kiritish, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga nomzodlar

ko‘rsatish hamda bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish huquqini to‘xtatib qo‘yadi;

ovoz  berish  huquqi  to‘xtatib  qo‘yilgan  shaxslar  tomonidan  bank  aksiyalari  sotilishi  to‘g‘risida

qaror qabul qiladi;

bank aksiyalarini olishga doir berilgan dastlabki ruxsatnomani chaqirib oladi.

Hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan aksiyadorlar o‘ziga tegishli aksiyalarni bankning aksiyalarini

olishga doir dastlabki ruxsatnoma chaqirib olingan kundan e’tiboran uch oy ichida sotishi kerak.

Ushbu moddaga muvofiq o‘ziga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llanilgan shaxslar tegishli

bankning, shuningdek boshqa banklarning aksiyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qilishga haqli

emas.



Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə