Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

23-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish

Potensial oluvchi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy

bank tomonidan belgilangan hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani Markaziy bankka taqdim etadi.

Markaziy  bank  ariza  olingan  kundan  e’tiboran  uch  ish  kuni  ichida  potensial  oluvchiga  ariza

olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuboradi.

Birgalikda  harakat  qilayotgan,  mo‘ljallanilayotgan  sotib  olish  munosabati  bilan  bank

aksiyalarini  bevosita  yoki  bilvosita,  shu  jumladan  oxirgi  benefitsiar  mulkdor  sifatida  olishni  niyat

qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi potensial oluvchidir.

Markaziy  bank  potensial  sotib  oluvchini  ariza  olinganligi  to‘g‘risida  tasdiqnoma  yuborilgan

kundan  e’tiboran  ikki  oy  ichida  ushbu  Qonunning 

24-moddasiga 

muvofiq  baholashni  amalga

oshiradi.

Potensial oluvchi hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etmagan taqdirda, baholash davri Markaziy

bank tomonidan barcha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran boshlanadi.

Potensial  sotib  oluvchining  ushbu  Qonunning 

24-moddasida 

ko‘rsatilgan  mezonlardan

birontasiga  muvofiq  emasligini  tasdiqlovchi  hujjatlar  va  (yoki)  axborot  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,

Markaziy  bank  bankning  aksiyalarini  olishga  doir  dastlabki  ruxsatnomani  berishni  baholashni

o‘tkazmasdan rad etishga haqli.

Markaziy  bank  baholash  o‘tkazilayotgan  davrda  potensial  oluvchiga  baholashni  tamomlash

uchun  zarur  bo‘lgan  qo‘shimcha  hujjatlarni  va  axborotni  taqdim  etishi  to‘g‘risida  so‘rovnoma

yuborishga haqli.




Potensial  oluvchi  Markaziy  bankning  so‘rovnomasiga  binoan  qo‘shimcha  hujjatlar  va

axborotni so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran yigirma ish kunidan oshmagan muddatda taqdim

etishi  kerak,  shu  vaqt  mobaynida  baholash  davri  to‘xtatib  turiladi.  Potensial  oluvchi  chet  elda

joylashgan yoki unga nisbatan boshqa davlatning qonunlari tatbiq etilgan taqdirda, Markaziy bank

qo‘shimcha  axborot  taqdim  etish  davrini  o‘ttiz  ish  kunigacha  uzaytirishga  haqli.  Taqdim  etilgan

axborotni  aniqlashtirish  maqsadida  Markaziy  bank  tomonidan  potensial  oluvchiga  yuboriladigan

keyingi so‘rovnomalar baholash davrining to‘xtatib turilishiga olib kelmasligi kerak.

Potensial  oluvchi  tomonidan  ushbu  moddaning 

yettinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  muddatlarga

rioya etilmagan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani

berishni rad etishga haqlidir.

Markaziy bank potensial oluvchining so‘rovnomasi asosida bankning aksiyalarini olishga doir

dastlabki  ruxsatnomani  olish  uchun  berilgan  arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari  yuzasidan  qabul

qilingan  asoslangan  qarorni  o‘z  rasmiy  veb-saytida  e’lon  qiladi.  Markaziy  bank  mazkur  axborotni

potensial oluvchining so‘rovnomasi bo‘lmasa ham e’lon qilishga haqli.

Bank  aksiyalarini  olishga  doir  dastlabki  ruxsatnoma  olingan  kundan  e’tiboran  olti  oy

mobaynida yuridik kuchini saqlab qoladi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank  aksiyalarini  olishga  doir  dastlabki  ruxsatnomani  bekor  qilish  banklar  va  bank  faoliyati

to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

(23-moddaning  o‘n  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə