66-modda. Bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish
Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari
ko‘rsatganlik uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborot ochiq axborot bo‘lib, ular bankning rasmiy
veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi tuzilguniga qadar iste’molchiga ular to‘g‘risidagi
axborotning to‘liq oshkor qilinishi ta’minlanishi kerak. Ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining shartlari
va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan
kreditning (qarzning) to‘liq qiymati to‘g‘risida mijozga axborot berishi kerak.
Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining
kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda
hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga
qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz
oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki),
agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlaridagi o‘zgarishlar ular kuchga kirishidan
kamida o‘n kun oldin bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak, shuningdek foiz
stavkalarining va valyutalarni ayirboshlash kursining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot ular o‘zgargan
kuni e’lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |