10-bob. Banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi
70-modda. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish
Banklar buxgalteriya hisobini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlab
chiqilgan ichki hisob-kitob siyosatiga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
Banklar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
Banklardagi buxgalteriya hisobi:
boshqaruvga, moliyaga, soliqqa va nazoratga oid hisobotning hamda boshqa hisobotlarning
ishonchliligini, ularda bankning haqiqiy moliyaviy holati va faoliyati natijalari aks ettirilishini;
bank aktivlarini va yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni boshqarish xavfsizligini;
bank aksiyadorlari va kuzatuv kengashi tomonidan bankning moliyaviy ahvolini va uning
mansabdor shaxslarining ishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: |