Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining
auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini
hisobga olgan holda) mavjud bo‘lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Auditorlik tashkiloti bankka aloqador shaxs bo‘lmasligi va uning oldida pul majburiyatlariga
Bank bilan (banklar guruhining asosiy banki bilan) auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan
shartnomalarda auditorlik hisobotining Markaziy bankka topshirilishini cheklovchi qoidalar
bo‘lmasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti:
Oldingi
tahrirga qarang.
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining qo‘pol buzilishiga olib keluvchi;
(75-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bank faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan;
Oldingi
tahrirga qarang.
moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda
belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida fikr bildirishni auditorlik tashkiloti tomonidan rad
etishga yoki fikrlarni qo‘shimcha shart bilan bildirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar
to‘g‘risida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart.
(75-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Markaziy bankning talabiga ko‘ra auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti bilan bog‘liq
qo‘shimcha tushuntirishlar taqdim etishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Banklarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, auditorning malaka
sertifikatini berish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
(75-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Dostları ilə paylaş: