71-modda. Banklarning hisobotlari
Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi.
Bank o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda,
tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi.
Banklar Markaziy bankning talabiga ko‘ra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir
martalik hisobotlarni taqdim etadi.
Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa ma’lumotlarning yaxlitligi
hamda ishonchliligi uchun javobgardir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi.
(71-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
|