72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish
Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotlarni ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini auditorlik tashkiloti
tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda e’lon qiladi.
Banklar
o‘z
mablag‘lariga,
kapitalga
doir
talablarning
bajarilishiga,
likvidlikka,
tavakkalchiliklarning qiymatiga va boshqa muhim ko‘rsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni
oshkor etishi kerak.
73-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlash
Banklar hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va
muddatlarda o‘z idoraviy arxivida saqlashi shart.
74-modda. Banklarning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi
Oldingi
tahrirga qarang.
Bank va banklar guruhi auditorlik tekshiruvining maqsadi bankning va banklar guruhining
moliyaviy axboroti hamda boshqa moliyaviy ma’lumotlari to‘g‘riligini va buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi qonunchilikka hamda moliyaviy hisobotlarga oid xalqaro standartlarga muvofiqligini
auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlashdan iborat.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining
auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga ko‘ra umuman bankning yoki banklar guruhining
faoliyati bo‘yicha ham, ular faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin.
Bankning yillik moliyaviy hisoboti, banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisoboti to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi qonunda nazarda tutilganidan tashqari, auditorlik tashkiloti
tomonidan:
bank, banklar guruhi tomonidan hisobot sanasidagi holatga ko‘ra prudensial normativlarning
bajarilishini;
bankning, banklar guruhining ichki nazorati va tavakkalchiliklarini boshqarish tizimlarining
tashkil etilishi Markaziy bank tomonidan qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalarini o‘z
ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Auditorlik tashkilotlari bankning va banklar guruhining faoliyatini tekshirish natijalariga ko‘ra
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi (yoki tasdiqlamaydi), shuningdek bankning yillik
moliyaviy hisobotiga, banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisobotiga ilova
qilinadigan auditorlik xulosasini beradi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Auditorlik xulosasisiz bankning yillik moliyaviy hisoboti, shuningdek banklar guruhining
konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va e’lon
qilinmaydi.
75-modda. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi
Dostları ilə paylaş: |