11-bob. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish
76-modda. Bankni qayta tashkil etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Bankni qayta tashkil etish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan
holda, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish,
ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni
qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat yagona ta’sischisi bo‘lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan
holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori mavjudligi
bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun
asos bo‘ladi.
Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy
bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga
keladigan har bir bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik
tadbirlar bajariladi.
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil
etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish
uchun kafolat bo‘la olmaydi.
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi
olingan kundan e’tiboran olti oy ichida tamomlashi shart.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
|