80-modda. Majburiy tugatish
Bank Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori asosida
majburiy tugatiladi.
Bankni majburiy tugatish chog‘ida tugatish komissiyasi Markaziy bank tomonidan
tayinlanadi.
Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini kiritishga haqli.
81-modda. Tugatish komissiyasining vakolatlari
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bank ishlarini boshqarish bo‘yicha, shu
jumladan bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va boshqaruvi vakolatlari
ushbu komissiyaga o‘tadi.
Tugatish komissiyasi tayinlangan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ommaviy axborot
vositalarida, shuningdek bankning rasmiy veb-saytida bank tugatilganligi, shu jumladan uning
omonatchilari va kreditorlari tomonidan talablarni qanoatlantirish to‘g‘risidagi arizalarni berish
tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi e’lonni chop etishi shart. Talablarni taqdim etish muddati bank
tugatilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oyni tashkil etadi va mazkur
muddat tugaganidan so‘ng tugatish komissiyasi tomonidan talablar qabul qilinmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tugatish komissiyasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq axborotni
ham oshkor qilishi kerak.
(81-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy ichida kreditorlarni
aniqlash hamda debitorlik qarzlarini va Markaziy bankning majburiy zaxiralar jamg‘armasida
depozitga qo‘yilgan mablag‘larni olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda
tugatilayotgan bankning qarzlarini jismoniy shaxslarning talablari asosida to‘lashga qaratiladi,
bundan bankka aloqador bo‘lgan shaxslar mustasno.
Dostları ilə paylaş: |