Ixtiyoriy tugatish bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining ixtiyoriy tugatish
to‘g‘risidagi qarori asosida, kreditorlar va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish imkoniyati
mavjud bo‘lganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda amalga oshiriladi.
Bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok
etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar ovozlarining to‘rtdan uch qismidan
iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
Bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat olish uchun bank aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
mazkur qarori qabul qilinganidan keyin besh kundan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi
hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:
bankni tugatish to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tugatish sabablari
ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini,
kreditorlarning va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlari
doirasidagi tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan tugatish rejasi;
ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza bilan murojaat etilgan
paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablag‘lar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;
tugatish komissiyasining tarkibi to‘g‘risidagi axborot va boshqa zarur ma’lumotlar.
Bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi. Agar tugatish komissiyasi tayinlanmagan bo‘lsa, bankni
tugatish bo‘yicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tashkil etiladi.
Tugatish komissiyasining rahbari va a’zolari ushbu Qonunning
36-moddasi
talablariga
muvofiq bo‘lishi lozim.
Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani olgan kundan
e’tiboran ikki oy ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va quyidagi shartlar bajarilgan
bo‘lsa, bankni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat beradi, agar:
Oldingi
tahrirga qarang.
bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikka muvofiq qabul qilingan bo‘lsa;
(79-modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bank to‘lovga layoqatli bo‘lsa;
bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda to‘liq va yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari to‘liq qanoatlantirilishi
uchun imkoniyatlar bo‘lishini ta’minlasa;
bank Markaziy bankning so‘rovnomasiga ko‘ra bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish
shartlari bajarilganligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni belgilangan
muddatda taqdim etgan bo‘lsa.
Markaziy bank salbiy qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish rad etilgani
to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarorni bankning kuzatuv kengashiga yetkazadi. Zarur hollarda
Markaziy bank tugatish rejasi va jadvalining qayta ko‘rib chiqilishini yoki qo‘shimcha hujjatlar va
axborot taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Markaziy bank ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat berganidan keyin bank litsenziyasini chaqirib
oladi.
Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bank to‘lovga layoqatsiz ekanligi aniqlansa, tugatish
komissiyasi zudlik bilan Markaziy bankka xabar berishi hamda bankning moliyaviy ahvolini
tasdiqlovchi tegishli hisobot va hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Markaziy bank ushbu moddaning
o‘ninchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va
ushbu Qonunning 77-moddasi
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan asoslardan birontasi mavjud bo‘lgan
taqdirda, bankning to‘lovga layoqatsizligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va majburiy tugatish
jarayonini boshlab yuboradi.
Dostları ilə paylaş: