78-modda. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki majburiy (Markaziy bank
tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarori;
Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi qarori asos bo‘ladi.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish
tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Bankni tugatish Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan e’tiboran
tamomlangan deb va bank tugatilgan deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |