Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə13/238
tarix01.06.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#88543
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?

  2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?

  3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.

  4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?

  5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?

  6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?

  7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?

  8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi?

  9. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

  10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?



2-BOB. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo‘llanilishini va qanday bo‘lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘lmoqda.


Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə