Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish


Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə14/238
tarix01.06.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#88543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er, suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko‘pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo‘lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (1-chizma).


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə