|
Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. Ma’ruzaning maqsadiBug'doyning parallel tomirli bargi
|
səhifə | 2/6 | tarix | 07.03.2023 | ölçüsü | 301,48 Kb. | | #102069 |
| QODIROV ERKINBug'doyning parallel tomirli bargi
Barg bandli ham bo‘ladi. Bunga chereshkovыy list deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham bo‘ladi. (prilistnik) Masalan:no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo‘lsa, bo‘lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha yetmagan bo‘lsa, kesik barg (razdelnыy list) deyiladi. Mas:qoqio‘t,jag‘-jag‘.
Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralganbarg (rassechyonnыy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokraynыy)yoki tishsimon (zubchatыy) arrasimon (pыlchatыy) yoki o‘yiqsimon (gorodchatыy) bo‘lishi mumkin.
Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo‘lishi mumkin.
|
Turli shakldagi barglar:
1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o'qsimon.
|
|
O'rikning bargi(oddiy barg).
|
Barg plastinkasi har xil kattalikda bo‘ladi. Mas: Gruziyada o‘suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralnыy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinnыy) o‘rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklar, yalpiz, shalfey. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatыy)joylashgan. Sambitgul o‘simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo‘lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o‘zlarining bandchalari bilan joylashgan bo‘lsa, murakkab barg (slojnыy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo‘ladi:
1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojnыy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi.
2. Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojnыy list) Mas: na’matak, yong‘oq, akatsiya bargi kiradi.
3. Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojnыy list) Mas: no‘xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.
4. Panjasimon murakkab barg (palchatoslojnыy list) Mas: nasha, kashtanning bargi
Dostları ilə paylaş: |
|
|