1-Ma’ruza: Hujayra va genomlar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#118262
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza


1-Ma’ruza: Hujayra va genomlar
Reja:
1.Bioorganik kimyoning vazifalari.
2.Bioorganik kimyo o’rganadigan ob’ektlar.
3.Fanning uslublari.
4.Hujayrni tuzilishi va turlari.
5.Hujayra tarkibi va genomi.
6.Hujayra bioenergetikasi va metabolizmi.


Tayanch iboralar:Tabiiy birikmalar, tirik organizmlar, alkaloidlar, steroidlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar, peptidlar, nuklein kislotalar, uglevodlar, monosaxaridlar, polisaxaridlar, lipidlar, fosfolipidlar, hujayra, eukariot, prokariot, nukleoid, organella, plazmatik membrana, vakuola, mitoxondria, peroksisoma, sitoplazma, golji naychalari, Golji apparati, ribosoma, endoplazmatik to’r, anabolizm, katabolizm.

Tabiiy moddalar kimyosi qadimdan insonni qiziqtirib kelgan. Rostini aytganda u vaqtlarda kimyo fan sifatida taraqqiy etmagan bo’lib; balki tabiiy manbalardan oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy ahamiyatga ega bo’lgan birikmalarni olishdagi amaliy faoliyat tarzida rivojlangandir.Tirik tabiat foydali va muhim birikmalarni manbai sifatida qadimdan bir necha ming yillikdan beri insonga xizmat qilib kelgan. Mesopotamiya, Misr, Xitoy, Hindiston va Yunonistonda o’simlik va hayvon xom ashyosidan turli-tuman bo’yoqlar olganlar; termik ishlab berish, achitish, ekstraktsiya usullarini qo’llaganlar; dorivor o’simliklar va ularni ekstraktlarini tayyorlash usullarini bilganlar.Tabiiy birikmalar kimyosi bo’yoqlar bilan chambarchas bog’liqdir. Eramizdan avvalgi 1500 yillarda Qadimgi Misrda Indigofera heguminosae o’simligi barglari tabiiy bo’yoq indigo olish uchun foydalanib kelingan.Qadimgi misrliklar, hindlar va forslar yana bir tabiiy bo’yoq Rubia tinktorium ildizidan alizarin olishni bilganlar.O’rta yer dengizi qirg’oqlaridan eramizdan avvalgi XVI-XV asrlarda finikiyaliklar purpur mollyuskalaridan ajratib olgan qadimgi purpur bo’yog’ini qoldiqlari topilgan. Hozirda aniqlanishicha Indigofera o’simligi tarkibidagi indikan gidrolizlanib indoksil hosil qiladi, bu birikmani havoda oksidlanishi natijasida esa indigo hosil bo’ladi; qadimgi purpur tarkibida esa 6,61-dibromindigo bu bo’yog’ni asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Indigo va alizarin hozirgi vaqtda tabiiy birikmalar kimyosi tarixida eng birinchi olingan moddalar hisoblanadilar.Qadimgi tibbiyot to’la ravishda dorivor o’simliklarga asoslangan bo’lib, Xitoy va Hindiston choy, jenshen, ko’k shuvoq turli kasalliklarni davolashda qo’llanib kelingan.Qadimgi Misrda mo’miyolarni balzamlash uchun efir moylaridan foydalanilgan. Qadimgi yunon tabibi Buqrot (460-377 A.D.) o’z asarlarida ko’pchilik kasalliklarni davolash usullari va dori-darmonlar tayyorlash usullarini yoritib o’tgan.Ammo o’simlik va hayvon xomashyosidan dorivor vositalar olishni asoschisi qadimgi rim vrachi Galen (129-201y) hisoblanib o’simlik bargi, guli va ildizlaridan dori tayyorlash bilan shug’ullangan va “Galen preparatlari”degan atamani fanga olib kirgan.


indikan indoksil



Alkimyo davrida (IV-XVI asrlar) dorivor moddalar kimyosi rivojlana boshlangan. 900 yilarda arab alkimyogarlari tomonidan etil spirti, so’ngra ba’zi organik kislotalar va mochevina ajratib olingan. Sharq Uyg’onish davrining yirik olimlari Abu Bakir ar Roziy o’zining asarlarida hamda Abu Ali Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida o’simlik, hayvon va mineral kelib chiqishga ega ko’plab dorivor vositalarini izohlab o’tganlar.Kimyo fani rivojlanishi va uni tibbiyot bilan bog’lashda katta hissa qo’shgan.Abu Rayhon Beruniy ham o’z asarlarida dorivor vosita sifatida qo’llanadigan o’simliklar va moddalarni yoritib o’tgan.G’arb uyg’onish davrida T.Paraselsusni faoliyati bilan tabiiy xomashyodan dorivor preparatlar olish ta’limoti juda tez rivojlana boshlangan.O’simliklardan turli dorivor vositalar olib uni tinktura, ekstrakt va eliksir tarzida qo’llab u birinchi bo’lib dorilarni meyorlash to’g’risida fikr yuritdi.Organizmda sodir bo’layotgan barcha jarayonlarni kimyoviy deb atadi va ta’sir etuvchi asos kimyoviy modda to’g’risida tushuncha kiritdi.U yatrokimyo (Iatros-tabib) ni asoschisi bo’lib, zamonaviy farmatsevtik kimyoni asoschilaridan biridir. XVIII asrda tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlana boshlaydi.1775-1785 yillarda shved kimyogari K.Sheele dorishunos yordamchisi bo’lib ishlab siydikdan siydik kislota, o’simlik qaynatmalari yoki achib qolgan sutdan oksalat, sut, limon va vino kislotalari oldi.Yog’larni gidroliz qilib glitserin oldi. 1788-1792 yillarda rus olimi T. Ye.Lovits glyukozani kristall holatda ajratib oldi. XIX asr boshlarida tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlana boshladi. 1806 yilda F.Serturner ko’knoridan morfin, L.Vauqnelin va R.Robike birinchi aminokislota-asparaginni ajratib oldilar.P.Erlich o’z izlanishlari bilan kimyoterapiyaga asos soldi.Tabiiy birikmalar kimyosini rivojlanishi XX asr o’rtalarigacha davom etdi.Alkaloidlar, terpenlar, vitaminlardan so’ng steroidlar, o’sish moddalari, antibiotik, prostaglandin kabi birikmalar sinfi o’rganila boshlandi.XX asr 50-yillarni boshida D.Watson va F.Crick DNK tuzilishini aniqlab genetik axborotni saqlash va foydalanish haqidagi fan molekulyar biologiyaga asos soldilar.Shu davr ichida tabiiy birikmalar kimyosida sifat o’zgarishlar ro’y berdi-tirik tabiatni murakkab birikmalari biopolimerlarni o’rgana boshlandi.Asosiy e’tibor ularning tuzilishi va biologik vazifasiga qaratildi L.Pauling oqsillarda -spiralni aniqladi,F.Sanger insulin gormonining aminokislota ketma-ketligini aniqladi. 1953-yilda V.Du Vigneaud peptid gormonlari oksitotsin va vazopresinni sintezini amalga oshirdi.R.Woodvard xlorofill va vitamin B12 ni to’liq kimyoviy sintezini amalga oshirdi.Kimyoni ajoyib va ulkan yutuqlari uni biologiya bilan qo’shilib tabiiy birikmalar kimyosini zamonaviy Bioorganik kimyoga aylanishiga turtki bo’ldi.
1960 yillar chegarasida biologiya keskin rivojlanishi sababida, biologik ob’ektlarda kechadigan jarayonlarni tushuntirish zarurati paydo bo’ldi.Shunda organik kimyo va biologik kimyo fanlari orasida bioorganik kimyo fani yuzaga keldi.U tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi yo’nalishi negizida rivojlandi.
O’sha davrda 1956 yili Toshkentda O’simlik moddalari kimyosi instituti akademik Sobir Yunusovning bevosita ishtirokida tashkil topdi, keyinroq 70-yillarda akademik Obid Sodiqovning harakati bilan Bioorganik kimyo instituti tashkillandi.Natijada O’zbekiston Bioorganik kimyo fanining yirik markazlaridan biriga aylandi.Rossiyada akademiklar A.Orexov. M.Shemyakin, Yu.Ovchinnikovlar fanni rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar.Ular qatorida dunyo miqyosida AQSh da W.Pellete, Fransiyada H.Hyusson, Pokistonda Attaur Raxmon, Hindistonda X.Korana kabi yirik olimlar faoliyat qildilar va katta natijalarga erishganlar.
Tabiiy manbadan moddani ajratish va individuallashtirish, uning tuzilishi va konfiguratsiyasini o'rnatish, kimyoviy modifikatsiya qilish va tuzilsihni modellashtirish jarayonini amalga oshirish, biologik faollikni tuzilisga o'zaro bog'liqlik qonuniyatlarini aniqlash va natijada, tibbiyot, qishloq xo'jaligi va sanoat ishlab chiqarishining ayrim tarmoqlari ehtiyojlari uchun yuqori samarali dori vositalarini yaratish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib, uni bioorganik kimyo bilimlari asosida amalga oshirish mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə