1-Ma’ruza: Hujayra va genomlar


Bioorganik kimyo fani predmeti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#118262
1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza

Bioorganik kimyo fani predmeti. Tabiiy moddaning tuzilishi va uning fiziologik faolligi o'rtasida to'g'ridan -to'g'ri bog'liqlik o'rnatish. Muayyan faollik uchun mas'ul bo'lgan tarkibiy elementlarni aniqlash. Ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida tuzilishi sodda va yuqori faol terapevtik moddalar sintezi. Tirik organizmdagi moddalarning funktsiyalari, biologik roli va ta'sir mexanizmini o'rganish. Maqsadi: Bioorganik kimyo fani tirik materiyani muhim tarkibiy qismlarini tuzilishi va biologik vazifasini, birinchi navbatda biopolimerlar va quyi molekulyar bioregulyatorlarni o’rganib, asosiy e’tiborni tuzilish va biologik ta’siri orasidagi qonunyatlarni ochishga qaratib, zamonaviy biologiyani kimyoviy fundamenti hisoblanadi.
Nazariy vazifasi:tirik organizmlarni yashash prinsiplarini o’rganuvchi kimyo va biologiya orasidagi fundamental fan.Tirik hujayraning tarkibiga kiruvchi barcha kimyoviy moddalarni tuzilishi va biologik funksiyalarni o’rganish.Bunda asosiy e’tiborni kimyoviy tuzilishi va biologik ta’siri orasidagi uzviy bog’liqlik qonuniyatlarini aniqlashga qaratish.
Amaliy vazifalari:Tibbiyot va agroishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan davolovchi vositalarni, o’stiruvchi moddalarni, pestitsidlarni amalda ishlab chiqarish uchun zamin yaratish.
Tadqiqot ob'ektlari. Quyi molekulyar bioregulyatorlar: alkaloidlar, terpenlar, steroidlar, gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, prostaglandinlar, tromboksan, o'smirlik gormonlari, o'stiruvchi moddalari, feromonlar, toksinlar, pestitsidlar, sintetik dorilar va boshqalar, shuningdek biopolimerlar: polipeptidlar va oqsillar,nuklein kislotalari, uglevodlar, lipidlar va boshqalar.
XX-asrning ikkinchi yarmida hayotiy faoliyatning asoslarini tushunishga bo’lgan qiziqish keskin ravishda ortib ketdi. Mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot dunyosini kuzatish hamda sirtdan tahlil qilish bosqichi o’rniga tirik organizmlarni molekulyar va molekulyararo o’zaro ta’sirlarini o’rganuvchi; biologiyaga fizika, kimyo va matematika usullari hamda yo’nalishlarini shahdam kirib borishni ta’minlovchi yangi bosqich boshlandi.Bu jarayon natijasida hayotning moddiy asosini o’rganuvchi fanlar asta sekin tirik materiyani turli darajada o’rganuvchi, turli eksperimental usul va uslubiy yo’nalishlarga ega yangi yo’nalishlarga bo’linib ketdi. Organik kimyo, tabiiy birikmalar kimyosi, biokimyo va molekulyar biologiya fanlari oralarida paydo bo’lgan fan bu bioorganik kimyodir. Biokimyo, biofizika va molekulyar biologiya fanlari bilan bir qatorda bioorganik kimyo fizik-kimyoviy biologiyani yagona tarmog’ini tashkil etib, uni rivojlanishi hozirgi zamon tabiatshunosligining eng muhim hodisalaridan biridir. Bioorganik kimyo fani tirik materiyani muhim tarkibiy qismlarini tuzilishi va biologik vazifasini, birinchi navbatda biopolimerlar va quyi molekulyar bioregulyatorlarni o’rganib, asosiy e’tiborni tuzilish va biologik ta’siri orasidagi qonunyatlarni ochishga qaratib, zamonaviy biologiyani kimyoviy fundamenti hisoblanadi. Bioorganik kimyo-biokimyoviy jarayonlarni kimyoviy usul va yo’nalishlar bilan o’rganadigan fan bo’lib, ko’pchilik holatlarda bu labarotoriya sharoitida sintez qilib olingan molekulyar modellar yordamida amalga oshiriladi.Bu esa o’z navbatida biologik sistemadagi bir butun hisoblangan jarayonlarlarni bir-biridan alohida ko’rib chiqish imkonini beradi.
Tirik dunyo kimyoviy muammolarini hal etib bioorganik kimyo tibbiyot, qishloq xo’jaligi, sanoatni turli tarmoqlariga amaliy ahamiyatga ega bo’lgan vositalar olinishini imkon beradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə