Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi Reja


-bosqich. Nusha ko‘chirish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə9/16
tarix11.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi

3-bosqich. Nusha ko‘chirish. 

Yasalgan qolipdan nusha ko‘chirish uchun eng avvalo, oddiy suvga bo‘ktirilgan qog‘oz parchalari yopishtirib chiqiladi. Sababi nusha tayyor bo‘lgach uni qolipdan chiqarib olish oson bo‘ladi. Oddiy undan atala qilinib, to qo‘yiqlashguncha qaynatiladi. Shu tariqa yelim (kleystr) tayyorlanadi. 

Tayyor yelimni qog‘oz parchalariga surtib, uni qolip devorlariga yopishtirib chiqiladi. Yopishtirilgan qavatlar 6-8 qavatdan kam bo‘lmasligi lozim. Qavat qanchalik ko‘p bo‘lsa qo‘g‘irchoq shunchalik pishiq bo‘ladi.

Yana ham pishiq bo‘lishi uchun har 3 qavat orasiga doka mato ham yopishtiriladi. Qavatlarni yopishtirayotganda shoshilmay yaxshilab yopishtirish zarur. Agarda oraliqqa havo kirib bo‘shliq paydo bo‘lsa, qo‘g‘irchoq sifatsiz chiqadi. 

Qavatlarni qolipga yopishtirib bo‘lgach, uni quritish uchun issiq joyga qo‘yiladi va qurib bo‘lgach tayyor bo‘lgan nushani sekin-astalik bilan qolipning ichidan chiqarib olinadi.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə