Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi Reja



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə6/16
tarix11.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi

Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan) qo‘lqoplar, uzun paypoqlar, qaychi, nina, ip, paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin), bezash uchun tabiat materiallari, yelim (PVA).


Tayyorlash jarayoni: qo‘g‘irchoqni tayyorlash jarayonida qo‘lqopning qismlari (ma’lumki, qo‘lqop beshta barmoqqa moslangan) ertak uchun tanlangan qahramonlarga qarab olib tashlanadi. Ammo, olib tashlangan qismlari ham keraksiz emas, balki ulardan dum, qo‘l-oyoq qismi uchun foydalaniladi. Uzun paypoqlardan esa ilonni yasash mumkin. 


1-ko‘rinish. Qo‘lqopning ikki chekka qismi qolib, o‘rtadagi uch qismi olib tashlanadi. Undan mushuk, it, bo‘ri, cho‘chqa kabi hayvonlarni yasash mumkin. 
2-ko‘rinish. Qo‘lqopning ikki chekka va o‘rtasidagi qismlari olib tashlanadi. Qirqilgan joyi tikib qo‘yiladi. Undan quyonni yasash mumkin. 


3-ko‘rinish. Qo‘lqopning faqat o‘rtadagi qismi qirqib tashlansa, undan echkini yasash mumkin. Shuningdek, har bir har bir qirqib o‘rni tikilgan qo‘lqopning ichi paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Har bir hayvonning tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Bundan tashqari bolalar qo‘g‘irchoqlarni qo‘llariga kiyib harakatlantirishlari uchun qo‘lqopga maxsus moslama tikishham mumkin. 


4-ko‘rinish. Uzun paypoq ichi ham paxta (paralon yoki material qirqimlari bo‘lishi ham mumkin) bilan to‘ldiriladi. Ilonning tashqi ko‘rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Ilonning bosh va bel qismiga sim o‘rnatib, uni o‘rnatish mumkin. 


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə