Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi Reja



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə7/16
tarix11.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi

5. Qutili qo‘g‘irchoqlar. Qutili qo‘g‘irchoqlar ham oddiy sharoitda yasash mumin bo‘lgan qo‘g‘irchoqlardir. Bu ayniqsa, bolalarning ijodiy faoliyati uchun juda qiziqarlidir. 
Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan), lekin butun qutilar (gugurt, choy va boshqa narsa-buyum qutilari), qaychi, bezash uchun rangli qog‘ozlar, yelim.


Tayyorlash jarayoni: masalan, xo‘rozni yasash uchun katta-kichik o‘lchamda uch xil quti olinadi. Dastlab katta quti, o‘rta va yana sal kattaroq qutilar birin-ketin joylashtiriladi. So‘ngra yupqa qog‘ozdan xo‘rozning toji, ikki yon boshiga qanotlari, ko‘zi, qoshi dum qismi, og‘zi yasalib, yopishtiriladi: 

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: birinchi navbatda ertak bilan tanishib chiqiladi. Ertakning voqea bo‘lgan joylari, sahna ko‘rinishlari eskiz qilinadi. Bu eskiz qo‘g‘irchoq teatri “tili”da dekoratsiya eskizi deyiladi. Masalan: uy, daraxt, stol, stul va hokazo narsalar bunga misol bo‘lishi mumkin. qahramonlar esa bitta-bitta o‘rganilib, xarakterlari va ularga xos obrazlar yaratiladi. 



6. Qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: 
qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz va har xil rangli bo‘yoqlar.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə