Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish



Yüklə 40,8 Kb.
səhifə9/12
tarix27.02.2023
ölçüsü40,8 Kb.
#101616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
BASKETBOLCHILARGA TO\'PNI BOSHQARISH TEXNIKASINI O\'RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

1.4. To’pni urib yurish
To’pni urib yurish – o’yinchiga to’p bilan maydon bo’ylab hohlagan tezlikda va istalgan yo’nalishda harakat qilishga imkon beruvchi usuldir.
To’pni urib yurish ta’qib qilayotgan raqibdan qochishga, to’p uchun muvafaqqiyatli kurashdan so’ng to’p bilan shchit ostidan chiqishga va tez jadal qarshi hujumni tashkil etishga; sherikka to’siq qo’yishga yoki nihoyat, so’ng sherigiga to’siq qo’yishga yoki to’pni uzatish va uni to’sayotgan raqibini biroz chalg’itishga imkon beradi.
Boshqa barcha holatlarda qarshi hujum tezligini pasayturmaslik uchun va o’yin jarayonini buzmaslik uchun to’pni urib yurishdan bekordan-bekorga foydalanmaslik kerak. Olib yurish to’pni bir qo’l bilan yengil ketma-ket pastga oldinga urish bilan amalga oshiriladi (yoki galma-gal o’ng va chap qo’l bilan), oyoqlardan biroz chapga va oldinga yo’naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo’g’inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo’nalishini tez o’zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak.
Basketbolchi to’pni urib yurishni o’ng va chap qo’l bilan yaxshi bir xil ravishda o’rganishi shart.
Tezlikni o’zgartirish bilan aldab o’tish. Himoyachidan qutilish uchun to’p olib yurishni tezligining kutilmagan o’zgarishidan foydalaniladi. To’pni urib yurish tezligi avvalo to’pni qay burchak ostida maydonga yuborilayotganligi va sakrash balandligiga bog’liq. To’p bilan oldinga harakat qilish tezligi avvalo to’pni sakrash balandligiga va uning sapchish burchagiga bog’liq. Tikkaga yaqin va past sakrashda buyurilsa yurish sekinlashadi va butunlay joyida bajarilishi mumkin. 
Yo’nalishni o’zgartirish bilan aldab o’tish. Asosan bu harakatdan raqibni aldab o’tish va hujum uchun halqa tomon o’tish uchun foydalaniladi. Yo’nalishni quyidagicha qilib o’zgartirishadi: to’pning yon sirtini hohlagan nuqtalariga panja qo’yiladi va kerakli yo’nalishga qo’lni to’g’rilanadi. Shuningdek, sapchish balandligini o’zgartirib, burilishlar va to’pni u yoqdan bu yoqqa o’tkazib ham aldab o’tish mumkin. Shuningdek, to’pni bir qo’ldan boshqasiga o’tqazish bilan yashirincha, orqadan yoki to’pni oyoq ostidan o’tkazish bilan ham raqibni aldab o’ttish usulidan keng foydalaniladi. 

Yüklə 40,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə