Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish



Yüklə 40,8 Kb.
səhifə2/12
tarix27.02.2023
ölçüsü40,8 Kb.
#101616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BASKETBOLCHILARGA TO\'PNI BOSHQARISH TEXNIKASINI O\'RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

1.1. O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasini tasniflash – bu ma’lum belgilar asosida uning hamma usul, malakalarini bo’limlar va guruhlar bo’yicha teng huquqni taqsimlashidir. Shunday belgilar qatoriga eng avvalo sport kurashidagi malakaning nimaga mo’ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to’p bilan yoki to’psiz), shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi.
Basketbol texnikasini ikkita katta bo’limga: hujum texnikasi va himoya texnikasiga bo’linadi. Har bir bo’limda ikkitadan guruh: hujum texnikasida – maydonda to’psiz harakat qilish texnikasi va to’p bilan bajariladigan harakatlar texnikasi, himoya texnikasida esa – maydonda harakat qilish texnikasi va to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasida ajralib chiqadi. Har bir guruh ichida malaka va ularni bajarish usullari bor. Malakani bajarishning deyarli har bir usuli harakat tuzilishining ayrim detallarini (ko’rsatkichlarini) ochib beradigan bir necha ko’rinishga ega. Bundan tashqari, usulning dinamik strukturasiga, o’yinchining harakatini, dastlabki holatini, yo’nalishi va masofasini aniqlaydigan bajarish shartlari ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya qilinayotgan tasnifda fintlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki fint – bu aniq usulning faqat bir qismini (masalan, to’pni uzatib berishda qo’l ko’tarish), (savatga otish paytida mo’ljallash), raqibda xato reaksiya tug’dirish maqsadi (niyati) bilan o’yinchi qulay holatga erishishdir.

Basketbol o‘yini qoidalari.


Basketbol o‘yinini yaxshi bilish uchun o‘yin qoidasini ham nazariy, ham amaliyjihatdan mukammal bilish kerak. Qoidani bilmay turib sizna jamoaga va na o‘zingizga naf keltirasiz, va na savatga to‘p tushira olasiz. O‘yin qurra tashlash va ikkala jamoaning 2 tadan o‘yinchilari markaziy doirada turishi hamda hakamning o‘rtaga to‘p tashlashidan boshlanadi. O‘yinning ikkinchi yarmini boshlashda tomonlar o‘rin almashadilar. To‘p savatga tepadan to‘liq tushib o‘tishi sodir bo‘lganda savatga to‘p tushdi, deb hisoblanadi. Agar to‘p savatga tegib tagidan o‘tib tushsa, unday to‘p hisoblanmaydi. Òo‘p o‘yin paytida savatga tushsa, jamoa buning uchun 2 ochko oladi. To‘p savatga 6 metr 25 sm masofadagi chiziqdan tushsa— 3 ochko oladi. O‘yinchilar to‘pni uzatishi, dumalatishi, bir qo‘li bilan yerga urib yurishi, savatga tashlashi mumkin. To‘p savatga tushib bo‘lgandan so‘ng, uni o‘yinga yon chiziqdan kiritilishi qarshi jamoaning bironta o‘yinchisi tomonidan bajariladi. Òo‘pni ilib olgan o‘yinchi faqat 2 qadam harakat qila oladi. Joyda turib u bir qadam qo‘yishi, ikkinchi qadamda esa to‘pni uzatishi yoki savatga tashlashi mumkin yoki to‘pni yerga urib undan so‘ng yana harakat qilishi mumkin. Raqibni ushlash, itarish, turtish man etiladi. Jamoa hujum qilishi uchun 24 soniya vaqt beriladi. Agar to‘p savatga tushmay yoki shchitga tegib qaytgach, 24 soniya ichida harakat qayta boshlanmasa, yoki shu 24 soniyada hujum qilishga ulgurmay qolinsa, to‘p raqib jamoaga beriladi. O‘yin vaqtida qo‘pollik qilgan o‘yinchilarga jarima beriladi. Masalan, to‘pni savatga tashlayotgan o‘yinchining qo‘liga boshqa bir o‘yinchi ursa yoki turtsa 2 ochko jarima beriladi. Himoya qilaman deya qo‘pollik qilsa ham 1 ochko jarima beriladi. Agar o‘yin davomida o‘yinchi besh marta jarima olsa, u maydondan chiqariladi. Bordi-yu, jamoada birgina o‘yinchi (o‘yinchilar jarima olib chiqib ketaverishlari hisobiga) qolsa, u holda o‘yin to‘xtatiladi va qarshi jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi. Bahs to‘pi. Bu quyidagi holatlarda:
a) raqib o‘yinchilar to‘pni mahkam ushlab olib, talashib-tortishib qolib, hech qaysi o‘yinchi to‘pni ota olmaganda;
b) ikkala jamoa o‘yinchilarining qo‘llari bir vaqtda to‘pga tegib ketib, to‘p chiziq tashqarisiga chiqib ketganda;
d) hakam to‘p qaysi o‘yinchiga tegib chiqqanini bilolmay qolganida;
e) to‘p halqa va shchit orasida qisilib qolganda, bahs to‘pi deb hisoblanadi.
Bahs to‘pining o‘yinga kiritilishi qarshi jamoalarning ikkita o‘yinchilari orasiga doirada to‘pni tepaga otishdan boshlanadi. Bunda hakam to‘pni juda yuqoriga otadi. Shu payt o‘yinchilar birdaniga sakrab to‘pni qo‘llari bilan urib yuborishga harakat qiladilar. Agar to‘p o‘yinchilarning qo‘li tegmay qaytib tushsa, unda to‘p qayta tashlanadi. O‘yin paytida nimalarni qilish mumkin-u, nimalarni qilish mumkin emas? Agar o‘yinchi to‘pni ataylab oyog‘i bilan tepib yoki qo‘li bilan urib yuborsa, to‘p boshqa jamoaga beriladi.
Bordi-yu, o‘yinchining oyog‘i bexosdan tegib ketsa, unda jarima ham berilmaydi, o‘yin ham to‘xtatilmaydi. To‘pni yerga faqat bir (o‘ng yoki chap) qo‘l bilan urib yurib harakat qilishga ruxsat etiladi. Òo‘p bilan qancha qadam qo‘yilsa ham xato bo‘lmaydi (to‘p yerga urib yurilsa, albatta). Òo‘pni yerga urib yurish, yugurish to‘xtatildi deb aytish, bu o‘yinchining to‘p bilan to‘xtaganidir. Shundan so‘ng u to‘pni savatga tashlash yoki sherigiga uzatishi mumkin. O‘yinchi ikkinchi marta to‘pni yerga urib yurishi mumkin emas, chunki u to‘satdan himoyachining qarshilik ko‘rsatishi bilan to‘xtatadi. Ammo ikkinchi marta to‘pni yerga urib ketishi ham mumkin. Mabodo, ehtiyotsiz raqib o‘yinchining qo‘li tegib, to‘pni qo‘ldan chiqarib yuborsa yoki halqa va shchitga to‘p tegib tushsa, bu qoidani buzish harakati—„ikki marta to‘pni olib yuborish“ deyiladi.
O‘yinchi to‘p bilan xohlagan tomonga burilishi, harakatda bo‘la turib, ikki qadam yurib to‘xtashi, to‘pni uzatib yuborishi, to‘pni savatga otish uchun sakrashi, ammo oyog‘i yerga tushmay, to‘pni otib ulgurishi kerak. Sakrab to‘pni ilib olib bir oyoqqa tushish (shu tushgan oyoq boshqa qadam qo‘yilgunicha) tayanch oyoq deb hisoblanadi, bordi-yu, qadam qo‘yib yurilsa, unda „probejka“ deyiladi. 3 — Jismoniy tarbiya Bundan tashqari, o‘yinchilar zonalar haqidagi qoidani ham bilishlari zarur, chunki jamoalarning o‘z zonasi hamda raqibning zonasi degan tushunchalar mavjud. Agar o‘yinchi hisoblangan hujumchi oldingi zonaga o‘tsa, u o‘yinchi orqa zonaga to‘p uzatishi man etiladi. O‘rta chiziqdan orqaga to‘p uzatish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Basketbol o‘yini to‘rt taymdan iborat bo‘lib, har qaysi taym 10 daqiqa davom etadi. Birinchi taym—10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; ikkinchi taym—10 daqiqa o‘yin, 15 daqiqa tanaffus; uchinchi taym—10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; to‘rtinchi taym —10 daqiqa o‘yin. Mabodo, o‘yinning ikkinchi yarmi tugallanishi oldidan natija during bo‘lib qolsa, yana 5 daqiqa qo‘shimcha vaqt beriladi. Uch, besh, o‘n soniyali qoidalar. Uch soniyali qoida deb, bu — hujumchining oldingi hujum zonasiga o‘tib, jarima tashlash maydonchasiga kirib olishiga aytiladi. U yerda to‘pli va to‘psiz hujumchi 3 soniyadan ortiq bo‘lishi man etiladi. Agar to‘pli o‘yinchi shu jarima maydonchasiga tushib qolsa, u uch soniya ichida to‘pni savatga tashlashi kerak. Besh soniyali qoidada, agar o‘z zonasi ichidagi o‘yinchi to‘pni olgach, 5 soniyada uni uzatmasa, dumalatmasa yoki yerga urib yurmasa, hakam to‘pni olib, “bahsli to‘p“ deb ikki o‘yinchi o‘rtasiga doirada tashlab beradi. Jarima to‘pini tashlayotgan o‘yinchi ham 5 soniya ichida to‘pni tashlashi kerak. O‘n soniyali qoida hujumga o‘tayotgan jamoa o‘zining zonasidan oldingi zonaga o‘tishida ishlatiladi. Jarima to‘pi. Bu qoida, amalda, hujum vaqtida, bir jamoaning o‘yinchilari raqibini (himoyachini, ayrim
paytlarda, hujumchi bo‘lishi ham mumkin) qo‘pollik bilan turtib, qo‘liga urib yuborsa va shu kabi xatolarga yo‘l qo‘yganida 1, 2, 3 jarima to‘pi berishda qo‘llaniladi. Bunday
jarima to‘pini tashlashni, ko‘pincha, qo‘pollikka uchragan o‘yinchi bajaradi. O‘yinchi to‘pni jarima chizig‘ini bosmay turib xohlagan usul bilan tashlashi lozim. Lekin to‘p avval halqaga, savatga yoki shchitga borib tegishi kerak. Bu qoida bajarilayotganda boshqa o‘yinchilar xalaqit bermasliklari lozim. Agar o‘yinchilar to‘p trapetsiya chizig‘idan nari tushguncha bosib o‘tsalar, to‘p qayta tashlanadi. Texnik fol qo‘pol muomala jarimasi. Bu jarima to‘pi zaxiradagi o‘yinchiga, trenerga nisbatan qo‘llaniladi. Agar u shaxslar hakamni haqorat qilsa (masxaralasa, qo‘pol so‘z aytsa), o‘yinning tinch o‘tishiga xalaqit qilsa, ikkita jarima to‘pi beriladi. Òo‘pni ushbu jarimani bajaruvchi jamoaning xohlagan o‘yinchisi maydonni markaziy chizig‘idan kiritadi. Shaxsiy fol. Bu xato tez-tez uchrab turadi va u, ayniqsa, hujumchi bilan himoyachining to‘p uchun kurashi paytida, shchit tagida sakraganda, to‘pni biri tushirishga, ikkinchisi, ya’ni himoyadagi o‘yinchi xalaqit berib, to‘pni qaytarishga harakat qilganida qo‘pollik qilib, qo‘liga urib qo‘yishi, gavdasi bilan turtishi yoki to‘pni tashlaganda ushlab qolish natijasida sodir bo‘ladi. Mana shunday xatolarga yo‘l qo‘yilganini hakam aniqlaydi va jarima to‘pini belgilaydi. Har bir jamoa o‘yin davomida xohlaganicha o‘z o‘yinchilarini almashtirish huquqiga ega (jarima to‘pini tashlashda, bir daqiqali vaqt olganda, o‘yinchi jarohatlanganda, to‘p maydondan tashqari chiqqanda, agar to‘p o‘sha jamoaning o‘zida bo‘lganda), har bir jamoa o‘yin yarmida 2 daqiqali tanaffus olishi mumkin.



Yüklə 40,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə