Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
78
@edurtm_uz
Mulohaza uchun
Maqsad nimani anglatadi?
MUVAFFAQIYATNING TO‘LOVI OG‘IR, AMMO GASHTI BEQIYOS
2003-yillarda Internet foydalanuv chilari soni ortishi baroba-
rida Internet xizmatlariga ehtiyoj oshib borardi. 18 yoshli
Akmal axborot texnolo giya lari sohasiga qiziqar, biror
yangilik qilish payida edi. U avvaliga Internetdan foyda
-
lanish markazini ochdi. Kunduz biznes tashvishlari, tunda
yangi texnologiyalar va marketing haqida o‘qib-izlandi.
Bir kuni unda manzil va joyni ko‘rsatuvchi elektron
tizim ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ildi.
NaviMax loyihasi O‘zbekistondagi ilk GPS-navigatsiya 
tizimi edi. Ammo birinchi bo‘lish doim ham oson emas.
O‘sha yillarda unga xarita maxfiy axborot ekanini ay
-
tishdi. U bir necha marta «yo‘q», «mumkin emas» degan ja-
voblarni eshitdi. Akmal maqsadi yo‘lidan qat’iy borib, xaritani
jamoasi bilan yangidan chizishga qaror qiladi. Kartograf
yollab, yillab o‘zining mashinasida ko‘chama-ko‘cha yurdi. Kuch, vaqt,
sabr-toqat va harakat mevasini berdi – 2009-yilda Akmal Fayziyev
O‘zbekistonda xaritaga guvohnoma olgan ilk tadbirkorga aylandi. Kuchli
xohish, bilim va sa’y-harakat natijasida u 2015-yilda «MyTaxi» xizmatini
ishga tushirdi.
Muvaffaqiyatga erishishning tayyor retsepti yo‘q. Sizning muvaffaqiyatin
-
gizga xizmat qiluvchi g‘oyalar har yoqda sochilib yotgan g‘ishtlarga o‘xshay-
di. Ularni to‘g‘ri tanlab, bino ko‘tarish uchun bilim, tajriba va to‘g‘ri odamlar
kerak. Ana shunda siz qurgan bino uzoq turadi.
Akmal Fayziyev, tadbirkor
Quyidagi suratlarni izohlang. Savollarga javob bering.
1. Qaysi omillar maqsadga yetishga to‘siq bo‘ladi?
2. Maqsad yo‘lida qaysi xususiyatlar muvafaqqiyatga xizmat qiladi?
3. Maqsadga yetishishda jamoaviylikning ahamiyati qanday?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə