Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

73
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Ijobiy va salbiy hislar o‘rtasida muvozanatni saqlash
Ijobiy narsalarni o‘ylash ijobiy va yaxshi voqealarning sodir bo‘lishiga
xizmat qiladi. Salbiy hislar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarning
oldini olish, ularga qarshi kurashishga yordam beradi.
Xatoni tan olish
Dunyodagi eng qiyin ish – o‘z xatosini tan olish. Muvaffaqiyatli odamlar
«men xato qildim» deyishadi. Omadsiz odam esa doim «bu mening aybim
emas» deydi va o‘zini oqlashga urinadi.
Amaliy faoliyat
Quyidagi savollarning har biriga uchtadan javob yozing.
Mening kuchli xususiyatim va sifatlarim
Nimalarda qobiliyatlisiz?
O‘zingizga xos jihatlaringiz?
Sizdagi qaysi jihatlar
Siz kimlarga havas qilasiz?
o‘zingizga yoqadi?
Siz nima uchun tez-tez
Siz qanday mashaqqatlarni
maqtov eshitasiz?
yengib o‘tgansiz?
Boshqalarga 
qanday 
yordam 
berasiz? 
Siz 
havas 
qilgan 
insonlardagi 
kuchli 
jihatlarni 
sanang. 


III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
74
@edurtm_uz
«BOKS QIROLI» – MUHAMMAD ALINING KUCHLI JIHATLARI
«Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir
paytda o‘zimga: «To‘xtama! Hozir azoblansang
ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib
yashaysan» deyishni kanda qilmadim.
Kuchli ezgu istak meni o‘zim xohlagan manzilga
olib borishini bilar edim. Chempionlar mashq zalla
-
rida yetishib chiqmaydilar. Ular, avvalo, o‘zlarining
qalblarida kuchli xohish, orzu tufayli tug‘iladilar.
Sportda g‘alaba uchun mahoratdan ko‘ra istakning
ahamiyati yuqori.
Omading kelgani sari odamlarga yaxshilik qo‘li-
ni cho‘z. Odamlarni baxtli qilish – mening burchim
bo‘lgan. Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir
finjon muhabbat, bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq
saxiylik, yana birozgina g‘amxo‘rlik yetarli ekanini
aytaman».
Muhammad Aliga xos kuchli jihatlar ro‘yxatini tuzing.
Quyidagi xususiyatlar nimalarga olib kelishini muhokama qiling.
1. Men mayda-chuyda detallarga ham haddan tashqari e’tiborliman.
2. Men yordam so‘raganlarga «yo‘q» deya olmayman.
3. Mening fikrim tez-tez o‘zgarib turadi.
4. Ba’zida menga ishonch yetishmaydi.
5. Men bilmaganimni boshqalardan so‘ray olmayman.
6. Men juda qiziqqonman.
7. Men ishlarni chala tashlab ketaman.
8. Men odamlarni tinglay olmayman.
9. Men tez-tez tushkunlikka tushaman.
Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat.
Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi.
Mahatma Gandi

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə