Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


Foydali odatlar – maqsadga olib boruvchi yechim



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Foydali odatlar – maqsadga olib boruvchi yechim
Siz uchun foydali odatlar ro‘yxatini tuzing.
Ularni egallashning foydali jihatlarini yozing. Siz tanlagan odatlar sizga
nega kerak, bu bilan nimaga erishasiz?
KATTA O‘ZGARISHLAR QILUVCHI KICHIK ODATLAR
Amalga oshirilgan barcha vazifalarni yozib boring. Shunda natijalardan
paydo bo‘ladigan xursandchilik ham yuzaga chiqadi.
Majburiy harakatlardan voz keching.
O‘zingizni qiynamaslikka harakat qiling.
Harakatni kichik vazifalarni bajarishdan boshlang, rejangizni amalga
oshirishdan to‘xtamang.
Jamoaviy mashg‘ulot
Ma’naviyat xazinasidan
Amaliy faoliyat
Mulohaza uchun


69
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
O‘zingizdan birdaniga katta narsani kutmang.
Katta, mavhum maqsadlardan voz keching.
Kichik urinishlar doimiy odatlarga aylanganiga amin bo‘ling.
Harakatlar odatlarga aylanishiga diqqat qiling.
Kichik g‘alaba ham sizni ilhomlantiradi va hayotingizni yaxshi tomonga
o‘zgartiradi. Buning uchun «qulay hudud»dan chiqing. Qulay hududdan
chiqish uchun tashlangan kichik qadam ham katta o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi.
Eng muhim shart:
O‘zingizni olg‘a borishga majburlang.
Eng muhim omil:
Kichik odatlar katta sa’y-harakatlarni talab qilmaydi.
Xohish kuchi – iqtidor kuchidan ustun. Bir hikmatni unutmang – bir
maromda, ammo muntazam yurgan uzoq yuradi va maqsadga yetadi.
Kuchli xohish doimo rag‘bat bilan quvvatlanishi kerak.
Eng muhim qoida:
Son emas, muntazamlilik muhim. Kichik odatlarga doimiy amal qilib
va ularni takrorlab odatlanish mumkin. Kichik natijalardan ham xursand
bo‘ling, ularni katta g‘alaba deb biling.
Jamoaviy mashg‘ulot
Tasavvur qiling, o‘qituvchingiz bergan vazifa asosida loyiha darsi
uchun o‘rganishlar o‘tkazib, taqdimot tayyorlab kelishingiz kerak.
Taqdimot yakunlanishi arafasida siz jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganingizni
tushundingiz. Natijada loyihani boshidan boshlashga to‘g‘ri kelishi
mumkin. Bu vaziyatda nima qilgan bo‘lar edingiz?
Notiqlik –
liderlarga xos
xususiyat.
Notiqlik sirlari



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə