Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

ORZULARI USHALGAN BOLA
Soichironing otasi temirchi edi. U bolali-
gidan otasiga yordamlashib ulg‘aydi. Onda- 
sonda ularnikiga ishdan chiqqan mototsikllarni
olib kelishardi. Soichiro bu g‘alati transportga
hayrat bilan tikilar, tuzatishga qarashar edi.
U ba’zida ustaxonadagi temirlarni bir-biri-
ga payvandlab shunday transport yaratishga
intilardi.
Soichironing orzulari ummondek cheksiz
bo‘lgan. U orzusiga erishish uchun 15 yoshida Tokioga yo‘l oladi. Ish
izlab taniqli «Toyota» kompaniyasiga kelganida uni ishga olishmagan.
U mashaqqat va haqoratlarga qaramay, orzularidan voz kechmadi. Soichiro 
22 yoshida o‘zining avtomobil ta’mirlash ustaxonasini ochadi. Kunlar- 
ning birida u mototsikl yasashga kirishib, oxir-oqibat orzusiga yetadi.
1948-yilda Soichiro Honda tomonidan asos solingan «Honda Motor»
kompaniyasi jahondagi eng qimmat avtomobil va mototsikllarni ishlab
chiqaradi.
Amaliy faoliyat
Mulohaza uchun
Savol va topshiriqlar
1. Soichironing muvaffaqiyatini nima bilan bog‘laysiz?
2. Soichironing muvaffaqiyati tug‘ma iste’dod bilan bog‘liqmi yoki boshqa
omillar bilanmi? Fikringizni misollar bilan izohlang.
3. Maqsadga yetish uchun sizda nima yo‘q?


II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
68
@edurtm_uz
Maqsadga erishish yo‘lida
O‘zingizga tez-tez savol bering:
«Bu ishni yanada yaxshiroq uddalash uchun nima qilishim kerak?»
Munosabatlarni qabul qiling
Tanqidni to‘g‘ri qabul qilgan odamlarning faoliyati samarali bo‘ladi,
ular o‘z ishlaridan ko‘proq qoniqish his qiladilar.
Savollarga javob bering va ro‘y xatni davom ettiring.
Yon-atrofdagilarning munosabatini nega qabul qila olmaymiz?
Qanday odamlar o‘zlarini oqlashni yaxshi ko‘rishadi?
Boshqalarni mensimaslikning sababi nimada?
...
To‘g‘ri tanqidni qabul qilmaslik nimalarga olib keladi?
Tez-tez xato qilish nimadan darak beradi?
Muvaffaqiyatsizlikka uchrashning qanday sabablari bor?
...
Qila olaman deb o‘ylasangiz ham, qila olmayman deb o‘ylasangiz
ham – to‘g‘ri o‘ylagan bo‘lasiz.
Genri Ford

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə