Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/99
tarix23.12.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#156115
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Jamoaviy mashg‘ulot
Mulohaza uchun


111
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Bugun amalda bo‘lgan va eskirib borayotgan qanday g‘oya, mahsulot
yoki xizmatni bilasiz? Uni qanday yangilash mumkin? Fikr laringizni
o‘rtoqlashing.
G‘OYASINING ORTIDAN QOLMAGAN TADBIRKOR
1917-yilda Osaka Elektr Ch
iroqlari kompaniyasining yosh xodimi
rahbar oldiga kashfiyoti bilan kirdi. Biror rasmiy ta’lim guvohnomasiga
ega bo‘lmagan 22 yoshli xodimning g‘oyasiga bepisandlik bilan qaralgach,
kashfiyotchi izlanishlarini mustaqil ravishda uyining yerto‘lasida olib
bordi. Bu yerto‘la jahondagi millionlab insonlar hayotini o‘zgartirib
yuborgan g‘oyaning beshigi bo‘ldi.
* * *
Konosuke Matsushita – Yaponiyaning
kichik qishlog‘ida tug‘ilgan. U 9 yoshidan
do‘konda ishlab, quyosh chiqmasidan uyg‘o-
nar, do‘konni supurib-sidirar, hammayoqni
saranjom qilib, kuni bilan xo‘jayinning
bolalariga qarar edi.
Yillar o‘tib, u elektr tarmoqlari kom-
paniyasidan ish topdi. Konosuke bu yerda
chiroq va rozetkalarga qiziqib, tunlari
tajribalar qilar, kitoblarni titkilab, izlanar
edi. Bir kuni u takomillashtirilgan chiroq
rozetkasini yaratadi.
Konosuke o‘zining g‘oyasiga ishondi 
va shaxsiy kompaniyasiga asos solishni
o‘yladi. Ko‘pchilik uning bu fikrini qo‘llab-
quvvatlamadi.
Konosuke Matsushita ishini tashlab, uyida tur mush o‘rtog‘i
bilan rozetkalar ishlab chiqaruvchi kichik korxona ochdi. Uning
yaratgan mahsulotiga birorta ham do‘kon qiziqish bildirmagach, ular
uyma-uy yurib, mahsulotlarni sota boshlashdi. Oylar o‘tsa hamki,
Konosuke biror hamkor topolmadi. Yosh oila uydagi mebellarni sotib,
qarz ko‘tarib, yana biroz sabrli bo‘lishga qaror qildi.
Kunlarning birida unga o‘zi yaratgan rozetkadan 1000 dona buyurtma
qilishdi. Bu muvaffaqiyatning boshlanishi edi. Keyinchalik Konosuke
akkumulyatorli velosiped lampalari va boshqa elektron kashfiyotlar
qildi.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə